Artyom Filiposyan: "Bunyodkor"ga yutqazib qo'yganimizdan keyin ortga yo'l yo'q edi"
06 apr 2018 21:09
Yangiliklar
Artyom Filiposyan: "Bunyodkor"ga yutqazib qo'yganimizdan keyin ortga yo'l yo'q edi"
"Buxoro" - "Paxtakor" (1:0) o'yinidan keyin maydon egalari himoyachisi Artyom Filiposyan o'z fikrlarini bildirdi.
"O'yin qiyin bo'lishini bilardik. CHunki "Paxtakor" jamoasi ancha shakllangan. "Bunyodkor"ga yutqazib qo'yganimizdan keyin ortga yo'l yo'q edi.
Dastlabki maqsadimiz kuchli oltilikka kirish. Bugun birdamlik evaziga g'alaba qozondik. Men hech qachon raqib jamoasi kamchiligi haqida gapirmaganman. Bugun ham shunday qilaman.
Har doim jamoani qutqarishni istayman, darvozabonga yordam berganimdan va jamoam g'alabasiga xissa qo'shganimdan xursandman.
Muxlislar bugun stadionda ajoyib muhitni yaratishdi. G'alabada ularning ham xissasi bor", - deydi Artyom Filiposyan.
Jahongir Sotvoldiev yozib oldi

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar