Arturo Vidal: "Jismoniy holatim joyida emas"
19 dek 2014 23:57
Yangiliklar


Arturo Vidal: "Jismoniy holatim joyida emas"
CHili terma jamoasi hamda "Yuventus" yarim himoyachisi Arturo Vidal mundial oldidan bo'lib o'tgan tizzasining operaciyadan so'ng biroz qiynalayotganligini tan oldi.
Tizzamdan olgan jiddiy jarohatimga qaramasdan mundialda o'ynaganim? Bu mening orzuim edi. Bu tariflab berish qiyin. Men juda qiyin operaciyani boshdan kechirdim. Hozir ham jismoniy tayyorgarligim to'liq tayyor emas. Ishonamanki, 2015 yilda barchasi yanada yaxshi kechadi. Ortda qolayotgan yil qiyin bo'lgan bo'lsada, yoqimli xotiralarga boy bo'ldi. "Yuventus" bilan skudettoni qo'lga kiritdim, CHili bilan Jahon chempionatida ishtirok etdim va yil so'nggida ECHLning keyingi bosqichiga yo'l oldik.

Fikrlar