Arturo Vidal: “Uchta gol urish – bu katta orzu”
28 noy 2013 12:54
Yangiliklar


Arturo Vidal: “Uchta gol urish – bu katta orzu”
“Yuventus” klubi yarim himoyachisi Arturo Vidal, xet-trikni amalga oshirishga muvaffaq bo'lgan CHempionlar ligasi guruh bosqichi doirasidagi “Kopengagen”ga qarshi o'yinni (3:1) izohlab o'tdi.
“Uchta gol urish – bu katta orzu. Bugun nafaqat men uchun balki butun chililiklar uchun eng muhim kun. Ammo asosiysi biz bu o'yinda g'alabaga erisha oldik va guruhdan chiqish uchun yana bir qadam oldinga siljidik.
Guruhimizdagi har bir jamoa jiddiy raqib sanaladi, ammo biz yaxshi o'yin ko'rsata olsak, pley-off bosqichiga ham chiqa olishimiz mumkin. Bugun biz o'z kuchimizga ishongan holda o'yin ko'rsatdik va oxir-oqibat intilgan natijamizga erishdik.
Bu men amalga oshirgan birinchi xet-trik edi. Endi “Yuventus”ni oldinda “Galatasaroy”ga qarshi qiyin o'yin kutib turibdi. Bizga bir ochko ham kifoya qiladi, biroq g'alaba uchun o'ynashga harakat qilamiz”, - dedyi futbolchi.

Fikrlar