Artur Yunusov: "Jahon chempionatiga chiqishga urinamiz"
05 dek 2014 12:27
Yangiliklar

Artur Yunusov: "Jahon chempionatiga chiqishga urinamiz"
"SA" talqiniga ko'ra "Tashkent Cup-2014" xalqaro turnirida O'zbekistonning eng yaxshi o'yinchisi deb topilgan Artur Yunusovning fikrlari bilan qiziqdik.
"O'yin juda jiddiy va og'ir bo'ldi. Ko'rdingiz Ozarbayjon safida mahalliylashtirilgan o'yinchilar bor. Braziliyaliklar futbol daholari hisoblanadi. Ularga teng keladigani hali yo'q. Lekin biz ham ularga qarshi munosib qarshilik ko'rsatdik. Tarkibimiz 60 foizga yoshardi", - deb gap boshladi Artur Yunusov.
"Musobaqa yaxshi o'tdi. Evropa jamoalarining baribir saviyasi yuqori. Ularda tajriba ham ko'proq".
"O'zimni eng yaxshi deb ayta olmayman. Futzal jamoaviy o'yin hisoblanadi. Lekin "CA" meni jamoaning eng yaxshi o'yinchisi deb topganidan mamnunman. Ishlashda davom etamiz, Jahon chempionatiga chiqishga urinamiz", - deydi Yunusov.

Fikrlar