So’nggi yangiliklar

15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  0 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  2 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  5 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  0 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  3 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  31 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  3 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  30 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  6

Artur, s Dnyom rojdeniya! Yangiliklar

Artur, s Dnyom rojdeniya!

Bugun “Nasaf” jamoasining sardori, 2014 yildagi O'zbekiston milliy chempionatining to'purari Artur Gevorkyanning tavallud ayyomi kuni – bugun u 30 yoshni qarshi oldi!
2011 yildan bo'yon “Nasaf” safida faoliyat yuritayotgan ushbu futbolchi voha futbol ishqibozlarining hurmatiga va etirofiga sazovor bo'ldi va qadrdon bo'lib qoldi.

Uning jamoa yutuqlariga qo'shgan hissasi beqiyosdir. Ayniqsa bu yilgi chempionatda u raqiblar darvozasini 18 marta ishg'ol qilib, to'purarlar orasida karvonboshiga aylandi.

Biz Artur haqida qancha ko'p yaxshi gaplar aytmaylik bu kamlik qiladi. Uning eng bir diqqatga sazovor fazilati shuki, jamoani og'ir paytlarda ham tashlab ketmadi. “Nasaf” muxlislariga sodiqligi, jamoaga sodiqligi orqali katta hurmat va etirofga sazovor bo'ldi.

Umid qilamizki, Artur bundan bo'yon ham “Nasaf” safida faoliyat yuritib, bundanda yuqori yutuqlariga hissa qo'shaveradi, zero u hozir katta mahorat va tajriba chuqqisini egalladi.

Biz barcha “Nasaf” jamoasi muxlislari, voha futboli ishqibozlari nomidan Arturni bugungi tavallud ayyomi bilan samimiy tabriklaymiz! Unga va u orqali barcha oila-azolariga mustahkam sog'lik, uzoq umr tilaymiz. Oilasi baxtiga va biz ishqibozlar baxtiga doimo sog' va omon bo'lsin!

ARTUR, POZDRAVLYAEM TEBYA S DNYOM ROJDENIYA! JELAEM TEBE SAMOGO NAILUCHSHEGO.MY TEBYA LYUBIM I UVAJAEM!

“NASAF” PFK muxlislari
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика