Artur Gevorkyan Turkmaniston terma jamoasi ixtiyoriga jo'nab ketdi
08 noy 2016 19:34
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/227243_original.jpg)
![](/upload/storage/227243_220.jpg)
Artur Gevorkyan Turkmaniston terma jamoasi ixtiyoriga jo'nab ketdi
Endilikda yaqin bir hafta davomida futbol jamoatchiligi etibori terma jamoalar ishtirokidagi uchrashuvlarga qaratiladi.
Ertaga ikki qo'shnimiz – Tojikiston hamda Turkmaniston terma jamoalari o'zaro o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishadi. Mazkur uchrashuvga Turkmaniston terma jamoasi ustozi Amangilich Kochumov jami 4 nafar legioner taklif etdi. Ularning 3 nafari O'zbekiston oliy ligasidan chaqirilgani diqqatga sazovordir. SHu jumladan, “Lokomotiv” jamoasi etakchilaridan biri Artur Gevorkyan ham ushbu o'yinga taklif etildi va mahoratli yarim himoyachi Dushanbe shahriga yo'l oldi.
Takidlash joiz, Tojikiston hamda Turkmaniston terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi ertaga Dushanbe shahridagi “Respublika Markaziy stadioni”da bo'lib o'tadi. O'yinning boshlanish vaqti 17:00.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar