So’nggi yangiliklar

11:57Гвардиола аргентиналик иқтидорни "Барселона"дан тортиб олмоқчи  0 11:31ОФК келаси U-17 Осиё чемпионатлари мезбонини маълум қилди  3 11:10“Реал“ Трентни клублар ўртасидаги ЖЧда иштироки учун “Ливерпул“га қанча пул таклиф қилгани маълум  2 11:00Суперлига футболчилари ЕЧЛ финалчиларини тахмин қилди  11 10:45“Арсенал“ футболчиси фаолиятини Бразилияда давом эттиради (Фабрицио Романо)  1 10:22“Байер“ бош мураббийлигига номзодлар маълум қилинди  1 09:59Карло Анчелотти “Реал“ билан келишиб олди  3 09:37Пролига. Бугун 5-тур давом эттирилади  0 09:10“Рома“ тўпурар ҳужумчи билан шартнома имзоламоқчи  4 08:48“Ал Ҳилол“ супер футболчи билан музокараларни бошлади  3 08:16Sofascore. Азизжон Ғаниев кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 07:50Довбик Шомуродов ҳақида фикр билдирди  15 07:25Трент “Реал“да қанча ишлаб олиши маълум  11 02:11АПЛ. Дуранг ўйнаган "Ноттингем Форест" ЧЛ зонасига қайта олмади  4 01:48А Серия. "Милан" иродали ғалабага эришди, аммо жамоа ҳали ҳам кучли саккизликда эмас  2

Artur Gevorkyan: "O'zbekistonda ekanligimdan mamnunman" Yangiliklar

Artur Gevorkyan: "O'zbekistonda ekanligimdan mamnunman"

"Nasaf" futbolchisi bugun "Futbol sharhi" ko'rsatuvi mehmoni bo'ldi.
"Nasib qilsa bir necha kunlardan so'ng safga qaytaman.

Mana shunday muhim o'yinda jarohat olib maydon chetida o'yinni kuzatish og'ir bo'ldi.

Faoliyatimdagi eng muhim va katta sovrinlarni "Nasaf" safida qo'lga kiritganman. O'zbekistondagi faoliyatimdan mamnunman. O'zbek xalqi ham mexmondo'st. Rahbariyat bilan ham munosabatlar alo darajada. Judayam xursandman aynan shu erda ekanligimdan.

Jamoamiz o'z safiga yaxshi futbolchilarni qo'shib oldi. Rok Roy juda foydali o'yinchi. Koblash ham yaxshi saviyadagi futbolchi. Yig'inlarda o'zini ko'rsatdi.

OCHLda oldimizga guruhdan chiqish vazifasi qo'yilgan. Umid qilamanki, bu yil o'tgan yilgi xatolar takrorlanmaydi va muvaffaqiyatga erisha olamiz.

Guruhdagi raqiblarimizdan "Al-Axli" (Dubay) ning o'yini yoqdi. Ularda yaxshi saviyadagi futbolchilar bor. Umuman, ushbu o'yinlarda barchasi o'zimizga bog'liq.

Jamoalarimizning OCHLdagi muvaffaqiyatsizligini chempionat boshlangani bilan, futbolchilarning jismoniy holati bilan bog'lash mumkin. Umid qilamanki, yaqin orada bu yakuniga etadi va klublarimiz o'zlarini ko'rsata boshlaydilar. Barcha jamoalarimizga omad tilayman.

"Al-Axli"da individual kuchli bo'lgan futbolchilar etarli. Ularga qarshi o'yinda himoyaga katta etibor qaratdik.
O'sha o'yindagi vaziyatda yiqilganimdan so'ng darhol o'yinni davom ettira olmasligimni tushundim.

Ikkinchi davrada o'z maydonimizda bo'lib o'tadigan o'yinlarda g'alaba qozonishga harakat qilamiz.

O'zbekiston chempionati saviyasi o'smoqda deb o'ylayman. Kuchli yoshlar etishib chiqmoqda. O'zbekiston MTJning o'yinlarida terma jamoaga muxlislik qilib o'tiraman.

Krasnickiy klubi? Bunday klub haqida to'g'risini aytsam yaqinda eshitdim. Juda xursand bo'lardim agar bu klubdan o'rin olsam.

Boshqa jamoalardan ham takliflar bo'ldi. Ammo, bu erdan ketishni istamayman. Meni "Nasaf"da barsa narsa qoniqtirmoqda.

Nasib qilsa, OCHLdagi navbatdagi o'yinda maydonga tushaman. Barchasi shifokorlarga bog'liq", - deya javob qildi turkmanistonlik legioner ko'rsatuv muallifining bergan savollariga.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика