So’nggi yangiliklar

17:09Ҳакамлар маркази раҳбари лавозимидан озод этилди  0 16:50Қозоғистон Черчесовга имконият берадиган бўлди  1 16:10"Реал" либосларини "Депортива Минера" кийиниш хонасидан ўғирлаб кетишди  0 15:29Расман: "Нефтчи"дан бомба трансфер!  24 15:21Расман: "Нефтчи"дан навбатдаги трансфер!  2 15:02"Бу менинг сўнгги Жаҳон чемпионатим бўлиши мумкин, охирги имконият..."  2 14:31"Барселона" Ольмо ва Викторни вақтинча рўйхатдан ўтказиши мумкин  2 14:02"Сурхон" бугун Туркияга учиб кетади, таркиб ҳам маълум  3 13:26"Милан" Рэшфорд борасида МЮга таклиф жўнатди  1 12:55Расман: Русланбек Жиянов "Навбаҳор" билан шартнома имзолади  10 12:30Ярим финал! "Тоттенхэм" - "Ливерпуль" ўйини олдидан   0 12:00Расман: "Ал Иттиҳод" футболчиси Топ-5га қайтди  1 11:21Аёллар футзали. Ўзбекистон назорат учрашувида Хитойга мағлуб бўлди  0 11:11"Сўғдиёна"нинг янги легионери: "Олдимда икки танлов бор эди: ё ҳозир, ё ҳеч қачон. Клубга пул учун келмадим"  3 10:54Неймар Роналдунинг гапларини тасдиқлади  33

Artur Gevorkyan: "O'zbekiston kubogini ham qo'lga kiritsam, sochimni yana qisqartiraman" Yangiliklar

Artur Gevorkyan: "O'zbekiston kubogini ham qo'lga kiritsam, sochimni yana qisqartiraman"

Kecha oliy liganing 30-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Ushbu turda "Bunyodkor" o'z uyida "Lokomotiv" jamoasini qabul qildi va kichik hisobda imkoniyatni boy derdi.

Ushbu bahsdan so'ng "temiryo'lchilar" klubi futbolchisi Artur Gevorkyan o'yin haqida o'z fikrlarini bildirdi.

"Juda ham qiyin uchrashuvni o'tkazdik. Maydon holatini yomon, deb  o'ylagandim. Aksincha, maydon ajoyib holatda ekan. CHiroyli futbol namoyish etishimiz uchun bu halaqit qilmadi. Uchrashuv teng kurashlar ostida o'tdi, deb o'ylayman. Lekin omad ko'proq bizga kulib boqdi. Yana ikki kundan so'ng "qaldirg'ochlar" bilan kubok bahsi javob uchrashuvida to'qnash kelamiz. Albatta, ushbu bahs javob o'yini oldidan tayyorgarlik vazifasini o'tab berdi. Afsuski ushbu o'yinda Salim bizga etishmadi.  

Bir insonga vada berganim uchun soch turmagimni o'zgartirdim. Sochimni yanada kaltalatishim ham mumkin edi, ammo ob-havo sovuq bo'lgani uchun bunday qila olmadim. SHundoq ham sovuq bo'lmoqda. Endi bularning bari kayfiyatni ko'tarish uchun o'ylab topilgan. Har safar chempion bo'lmaysiz-ku! Agarda O'zbekiston kubogini ham qo'lga kiritsak, sochimni yana qisqartiraman.  Bu menga qiyinchilik tug'dirmaydi", - deydi "Lokomotiv" klubi futbolchisi Artur Gevorkyan.

Jahongir Sotvoldiev

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика