Artur Gevorkyan: "Maydonning holati chiroyli o'yin ko'rsatishimizga yo'l bermadi"
01 dek 2016 15:41
Yangiliklar
Artur Gevorkyan: "Maydonning holati chiroyli o'yin ko'rsatishimizga yo'l bermadi"
Uchrashuvda "temiryshlchilar" yagona gol evaziga "ajdarlardan" ustun keldi. Ushbu bahsdan so'ng "Lokomotiv" klubi futbolchisi Artur Gevorkyan o'yin haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Men ushbu o'yindan oldin ham maydonning chimi yaxshi emas, bunday maydonda chiroyli o'yin ko'rsatib bo'lmaydi, deya takidlagandim. Maydonning holati chiroyli o'yin ko'rsatishimizga yo'l bermadi. O'yin kurashlarga boy bo'ldi. Bizda ko'p vaziyatlar bo'ldi, ammo ularning bittasidan unumli foydalandik. Bu O'zbekiston kubogi sohibi bo'lishimiz uchun etarli bo'ldi. Sobiq jamoamga qarshi o'ynash ruhiy tomondan qiyinchilik tug'dirgan bo'lsa ham bu futbol. Maydonga tushkaningizdan so'ng o'z jamoangizni va raqcib jamoasini ko'rasiz. Biz maydondan tashqarida do'stmiz. Men "Lokomotiv" klubi bilan ikkita sovrinni qo'lga kiritdim. Endi navbat superkubokka", - deydi "Lokomotiv" yarim himoyachisi Artur Gevorkyan.
Jahongir Sotvoldiev
Fikrlar