Artur Gevorkyan: “Al-Ayn”ga qarshi o'yin uchun taktikamiz sirligicha qolsin”
10 sen 2016 15:14
Yangiliklar
Artur Gevorkyan: “Al-Ayn”ga qarshi o'yin uchun taktikamiz sirligicha qolsin”
Ushbu uchrashuvdan so'ng “temiryo'lchilar” futbolchisi Artur Gevorkyan o'yin haqida fikr bildirdi.
“CHempionatimizda ikki hafta tanaffus bo'ldi, o'yin amaliyota ham bo'lmadi. Faqat mashg'ulotlarda ko'proq jismoniy holatga etibor qaratdik. SHuning uchun ham “SHo'rtan”ga qarshi og'ir o'yin o'tkazdik. Menda ham vaziyatlar bo'ldi, lekin ulardan foydalana olmadim. Raqibimiz yaxshi himoyalandi. Hozir hamma himoyada o'yinamoqda. Biz OCHLning chorak final javob uchrashuvida “Al-Ayn”ga qarshi maydonga tushamiz. Kechagi bahs “Al-Ayn”ga qarshi o'yin oldidan tayyorgarlik vazifasini o'tab berdi. “SHo'rtan” ham yaxshi o'yin ko'rsatdi. To'p biroz o'zlarida nazorat qilishdi. OCHL to'g'risida gapiradigan bo'lsam, biz ushbu o'yinda g'alaba qozonishga harakat qilamiz. “Al-Ayn”ga qarshi o'yin taktikamiz sirligicha qolsin”, - deydi “Lokomotiv” jamoasi futbolchisi Artur Gevrokyan.
Jahongir Sotvoldiev
Fikrlar