Artur "Barsa"dan kyetmaydi

Sherzod Nurmatov
27 may 2020, 22:54
Braziliyalik yarim himoyachi Artur "Barselona" va "Yuve"ga hech qayerga ketmasligini aytdi.

Mundo Deportivo xabariga ko'ra, yakshanba kuni Arturning otasi "Yuventus" sport direktori Fabio Paratichi bilan bog'lanib, o'g'liga bo'lgan qiziqish uchun Italiya klubiga minnatdorchilik bildirdi va o'g'lining yagona istagi "Barselona"da o'ynashda davom etish ekanligini aytdi.

Dushanba kuni esa Arturning akasi va otasi "Barselona" sport direktori Erik Abidal va uning o'rinbosari Ramon Planes bilan uchrashdi. Ushbu uchrashuv chog'ida futbolchining vakillari Arturning "Barselona"da qolishni istayotgani va "Yuventus"ga bu haqda aytganlarini ma'lum qilishdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo