Arteta: "Zinchenko bizga universallik taqdim etadi"
23 iyu 2022 00:30
Yangiliklar


Arteta: "Zinchenko bizga universallik taqdim etadi"
Murabbiy "Arsenal" yangi xarid qilgan futbolchi haqida gapirdi.
Xabaringiz bor, "Arsenal" Aleksandr Zinchenko transferini elon qildi. Jamoa bosh murabbiyi Mikel Arteta ushbu transfer haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"Aleks bizga qo'shilganidan juda baxtlimiz. Bu o'yinchini men shaxsan yaxshi bilaman. U "Man Siti"daligidayoq Zinchenkoni kuzatib borardim.
Zinchenko - yuqori sifatli o'yinchi. U bizga universallik va variantlar taqdim etadi. Gap faqat poziciyalarda emas. Zinchenko ham hujumda, ham himoyada ajoyib o'ynay oladi. Bundan tashqari Zinchenko inson sifatida ham juda ajoyib yigit", -deydi Mikel Arteta.
Malumot uchun, Aleksandr Zinchenko "Arsenal"ga 30+2 mln evro evaziga transfer qilindi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar