Arteta: "Yarim finalda "Arsenal"ga qiyin bo'ladi"

Aziz Tukhtamuradov
16 apr 2021, 09:41
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "Slaviya"ga qarshi o'yindagi g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Biz o'yinni ishonchli boshladik, pressing qildik va agressiv harakatlarni amalga oshirdik. Xavf yaratish imkoniyatini izladik. Birinchi bekor qilingan golga "Arsenal"ning reakciyasi menga yoqdi. 

Ajoyib gollar urdik. Gol o'tkazib yubormaslik ham muhim edi. Buni ketma-ket ikkinchi o'yinda uddaladik. 

Hali oldinda qilinadigan ishlar ko'p. Bizga qiyin bo'ladi. Unai Emeri esa ushbu musobaqa tarixidagi eng muvaffaqiyatli murabbiy", - dedi Arteta. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: BBC