Arteta yanvarda "Arsenal" tarkibini "tozalamoqchi"
01 jan 2021 09:42
Yangiliklar


Arteta yanvarda "Arsenal" tarkibini "tozalamoqchi"
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta yanvar oyida bir necha futbolchi bilan xayrashmoqchi.
"Bizda katta jamoa bor va buni yaxshi bilamiz. Yozda ko'plab transferlar amalga oshishi lozim edi, ammo buni hozir ham turli sabablarga ko'ra qila olmaymiz.
Jamoada sotiladigan yoki ijaraga ketadigan futbolchilar bor. Klubning asosiy vazifalaridan biri hozirda shu.
Biz jamoada bunday ko'p sonli futbolchilarni ushlab tura olmaymiz. Tarkibni optimallashtiramiz, keyin esa kuchayish haqida o'ylaymiz", - dedi Arteta.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar