Arteta: "SHogirdlarimning xarakteri menga yoqmoqda"
23 noy 2020 10:42
Yangiliklar
Arteta: "SHogirdlarimning xarakteri menga yoqmoqda"
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "Lids"ga qarshi o'yinda qayd etilgan durang haqida gapirdi.
"Agarda raqibdan bir kishi kam bo'lib o'ynaganimizni inobatga olsak, natija qoniqarli. Albatta, hamma yutishni istaydi, biroq bugun sharoit shuni taqazo qildi.
Birinchi bo'limni ikki qismga bo'lishimiz mumkin. Avvaliga biz yaxshiroq o'yin ko'rsatayotgandik. Keyinchalik ularga to'pni topshirishni boshladik va raqiblarda katta bo'sh xududlar paydo bo'ldi. Ikkinchi bo'limda himoyalanib, kutishga majbur bo'ldik.
Pepega qizil kartochka noo'rin bo'ldi. Bunday paytda qizil kartochka berilmasdi. 10 kishi bo'lib o'ynash juda qiyin. Yigitlarimning xarakteri menga yoqdi. Pepe chetlatilganidan keyin futbolchilar uning o'rnini yopa bilishdi va g'alabaga erishish uchun vaziyatlar ham yarata olishdi", - dedi Arteta.
Fikrlar