So’nggi yangiliklar

02:49Қозоғистон термаси матбуот котиби: "Ўзбекистонга кўчиб кетаман"  5 02:34Одил Ҳамробеков: "Бу билан тўхтаб қолишни истамаймиз"  2 02:16Равшан Эрматов: "Бу ғалаба ўз-ўзидан келиб қолмади"  5 01:55Миллатлар лигаси. 9та гол урилган ўйинда Испания Францияни қийинчилик билан мағлуб қилди ва финалга йўл олди   44 01:41Осиёда яна катта байрам: Иордания ўз тарихида илк бор ЖЧда иштирок этади  8 01:21ЖЧ-2026 саралаши. Бизнинг гуруҳдаги барча масала ҳал бўлди  14 01:13Тимур Кападзе: "Бу ғалаба ҳаммамизники"  11 00:59Сречко Катанец: “Мен жуда қисқа гапираман…”   33 00:46Аббосбек Файзуллаев: "Ҳиссиётларни тасвирлаб бера олмайман"  11 00:35Ўткир Юсупов: "Бугун ота-онамнинг дуосини олиб, дарвозам даҳлсизлигини сақлаб қолишни ният қилиб тушгандим"  14 00:13Жанни Инфантино Ўзбекистонни жаҳон чемпионати йўлланмаси билан табриклади  25 23:52Тимур Кападзе: "Биринчи навбатда муҳтарам Президентимиз ва халқимизни ғалаба билан табриклайман"  43 23:45ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистонининг тақдири сўнгги турга қолди  7 23:30Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев футболчиларни табриклади  41 22:4534 йиллик орзу ушалди! Ўзбекистон ЖЧда!  622

Arteta - o'yin falsafasi, kamchilik va ustun jihatlari... Yangiliklar

Arteta - o'yin falsafasi, kamchilik va ustun jihatlari...

Mikel Arteta futbolchilik faoliyatini yakunlaganiga 3,5 yil bo'ldi.

Arteta endigina 37 yoshga qadam qo'ydi. U "Barselona" tarbiyalanuvchisi ekanligi ko'pchilikka yaxshi malum. Faoliyatining asosiy qismini "Everton"da o'tkazdi, so'nggi besh yilida esa "Arsenal"da to'p tepdi. 2016 yil 16 may kuni futbolchilik karerasiga nuqta qo'yganini elon qildi.

Arteta faoliyatini tugatgan zahoti Gvardiolaning "Manchester Siti"dagi murabbiylar shtabi tomon yo'l oldi. "Barselona"dagi faoliyatlaridan buyon ularning munosabati yaxshi edi. Gvardiola Artetaning salohiyatiga doim ishonch bildirgan: Pep "Barsa"da ishlagan yillari ECHL doirasidagi "CHelsi"ga qarshi bahsdan avval Artetadan maslahat so'ragan. Hech qanday murabbiylik tajribasiga ega bo'lmagan Arteta o'zini yo'qotib qo'ymadi. Aksincha, darhol ishga kirishdi. Gvardiola doimo uni maqtar va klubdagi eng muhim insonlardan biri deb hisoblardi: "U ajoyib yigit va juda ko'p ishlaydi. U bilan bir necha oy ishlab ko'rganimdan so'ng, bir kuni kelib bosh murabbiy bo'lishini aytgandim".


Sterlingni top-darajaga olib chiqdi, Delfni o'zgartirdi va Zinchenkoni kuchaytirdi

Artetaning "Siti"dagi eng sezilarli samarasi — Raxim Sterling taraqqiyoti bo'ldi. 2017/18 yilgi mavsumda ular Sterling to'psiz harakatlanishi, ochilishi, sheriklari bilan harakati va jarima maydonida o'ynashi ustida yakka tarzda shug'ullandilar.

Sterling faoliyatidagi eng yaxshi natijani qayd etdi: 46 o'yin, 23ta gol, 17ta golli uzatma — u bunga qadar bunday samarali natija ko'rsatmagandi. Kelasi mavsum (18-19) va yana ajoyib ko'rsatgich: 25 gol, 18 assist. Bu yanada yaxshi natija: 5 oy ichida 16+5 qayd etdi. Sterling ham, Gvardiola ham bunday ko'rsatgichga asosiy sababchi — Mikel Arteta ekanini takidlagan edi.

SHuningdek, Arteta boshqa vingerga ham katta yordam bergan — Leroy Sane: "Goal.com" nashri malumotlariga qaraganda, u o'yinchiga pozicion hujumlarda to'psiz qanday harakat qilish kerakligini o'rgatgan.

Gvardiola Artetaga futbolchilar bilan individual ishlashida erkinlik berardi va ularni yangi poziciyada sinab ko'rishiga imkon berardi. Arteta "Siti"da Fabian Delf yarim himoyachi poziciyasidan chap qanot himoyachisi poziciyasiga o'tkazgan. SHuningdek, u Zinchenko bilan ham individual tarzda shug'ullangan. Uning bu mavsumdagi asosiy vazifasi — Rodriga tayanch yarim himoyachi poziciyasida o'zini ko'rsatishi uchun yordam berish edi.

Gabi Jezus ham Arteta bilan yakka tartibda shug'ullangani haqida aytib bergandi: "U jamoamizdagi ko'p o'yinchilarga yordam bergan. Mashg'ulotlardan so'ng zarba ustida ishlashni istasam, undan yordam so'rayman va u doim menga ko'maklashadi. U biz uchun juda muhim inson va klub faollaridan biri. Buni hamma biladi".


Arteta bir necha bor "Siti"dan ketmoqchi bo'ldi, ammo doim klubda qoldi

2018 yilning yozida "Arsenal" Arsen Venger o'rniga yangi nomzod izlay boshladi. Ro'yxatda 10ga yaqin kandidatlar nomi bor edi. Oradan bir necha hafta o'tdi va ikki nomzod ismi qoldi: Unai Emeri va Mikel Arteta.

Klub Emerini tanladi va o'sha payt barchasi mantiqan bo'lgandi. Artetaning bosh murabbiylik bo'yicha hech qanday tajribasi yo'q edi (umuman olganda hozir ham shunday). Qolaversa, o'zi ham Gvardioladan uzoqlashishni istamagandi. Keyinroq so'nggi daqiqalarda o'zini to'xtatib qolgani haqida aytib bergandi. Venger o'sha payt jamoani Artetaga qoldirishiga ishora qilgandi: "Bu ishni eplashi uchun unda barcha sifatlar etarli. U doim etakchi bo'lgan, klubni yaxshi biladi va futbolga bo'lgan ishtiyoqi juda yuqori. U sardor bo'lgan hamda klub rivoji uchun nima foydali ekanini yaxshi biladi".

Yozda Arteta "Nyukasl"ga rad javobini berdi. U Gvardiola bilan "Siti"da ishlashni hamma narsadan ustun qo'yadi va sadoqati kuchli ekanini allaqachon ko'rsatib bo'lgan. Hattoki, "Manchester" unga Gvardiolaning vorisi sifatida qaraydi degan fikrlar ham mavjud. Pep bu haqida shunday degan: "Mendan keyin aynan u "Siti" bosh murabbiyi bo'lishiga ishonchim komil. Ertami-kechmi bu narsa sodir bo'ladi".

Gvardiola bu haqida tahminan olti oy avval aytgandi. Ko'p narsa o'zgardi. "Arsenal"ga klubga yaqin bo'lgan, APLning o'ziga xos xususiyatlarini yaxshi tushunadigan, ingliz tilini biladigan va barcha bilan til topishib keta oladigan murabbiy kerak edi. Yani, Emerining butkul teskari bo'lgan inson... Va yana bir muhim narsa: yangi murabbiy yoshlar bilan ham yaxshi ishlay olishi kerak. Arteta — ideal variant. 

Gvardiola bir kun kelib Arteta ketishni istab qolishi mumkinligini ham bilardi: "Mikelning jamoaga bo'lgan tasiri juda yuqori. Muvaffaqiyatimizda uning o'rni muhim. Juda muhim. Nima sodir bo'lishi kerak bo'lsa, albatta, bir kuni yuz beradi. Biroq agar u boshqa joyda ishlashni istasa, bu haqida gaplashib olishga tayyormiz. U o'zini noqulay sezishini istamayman".


U bosh murabbiy roliga tayyor edi-mi?

Arteta murabbiy sifatida ishlayotganiga atigi uch yarim yil bo'ldi. Yordamchi bo'lish (mashg'ulot o'tkazish, o'yinchilar bilan yakka tartibda ishlash, raqib o'yinlarini tahlil qilish); boshqa tomondan — asosiysi (matbuot, klub xodimlari bilan o'zaro muomalada bo'lish, doim muhim qarorlar qabul qilish, psixolog bo'lish)dir.

Qarama-qarshi dalil: Gvardiola ham, Zidan ham asosiy ish tajribasiga ega bo'lmay (faqat yoshlar bilan), o'z faoliyatlarini boshlashgan edi. Ammo barchasini alo darajada uddalab kelishmoqda.

U aslida qanday uslubda o'ynashni xohlayapti?

Arteta faoliyatini tugatganidan so'ng shunday degandi: "Mening falsafam barchaga tushunarli bo'ladi. Futbol mazmunli bo'lishini istayman. Menda faqat himoyaga asoslangan futbol o'ynash tushunchasi yo'q. Biz o'yinni asta-sekinlik bilan tushuntirib berishimiz kerak. Tashabbus o'zimizdan chiqishi va odamlarni jalb qila olishimiz lozim. Bu narsaga 100 foiz ishonchim komil".

Eslatib o'tamiz, bugun "Arsenal" mehmonda "Kristal Pelas"ga qarshi maydonga chiqadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 17:30 boshlanadi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика