Arteta Obameyang haqida fikr bildirdi
28 jan 2020 16:00
Yangiliklar


Arteta Obameyang haqida fikr bildirdi
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoa hujumchisi Per-Emerik Obameyang haqida fikr bildirdi.
"Biz bu futbolchini tarkibda saqlab qolishni xohlaymiz. Mening uning o'yinidan juda ham mamnunman", - deydi ispaniyalik mutaxassis.
Oldinroq, Obameyangning "Barselona"ga o'tishni xohlayotgani haqida xabarlar yangragan edi. Ispan grandi Per-Emerikni jarohatlangan Luis Suaresning o'rnida o'ynatmoqchi.
Eslatib o'tamiz, forvardning "to'pchilar" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Gabonlik futbolchi joriy mavsum APL doirasidagi 22ta o'yinda maydonga tushib, 14ta gol va 2ta assistga erishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar