Arteta: “Men yana nima qilishimiz mumkinligini bilmayman”
07 dek 2020 09:09
Yangiliklar


Arteta: “Men yana nima qilishimiz mumkinligini bilmayman”
“Arsenal” ustozi APL 11-turida “Tottenxem”dan qabul qilingan mag'lubiyatga (0:2) izoh berdi.
“Biz juda ko'p paslarni amalga oshiryapmiz, ammo mana shunday bahslarda kerak bo'lgan aniq yakuniy nuqtani qo'yishga kelganda oqsayapmiz. “SHporlar”ning birinchi golini olqishlayman. Bu jahon darajasidagi gol. Biroq ikkinchi golda o'zimiz xato qildik. Katta bo'sh hudud qoldirdik, ular esa bundan foydalandi. SHundan so'ng biz ustunlik qildik, ularda imkoniyat bo'lmadi. Biroq o'yinni “Tottenxem” yutdi. Men yana nima qilishimiz mumkinligini bilmayman. Agar biz gollar urmas ekanmiz, holatimizni yaxshilay olmaymiz”, — deydi Arteta.
“Arsenal” APLda 11-turdan so'ng 13 ochko bilan 15-o'rindan joy olib turibdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar