Arteta: "Holatimiz avvalgidan yaxshi, lekin..."
16 dek 2021 08:26
Yangiliklar
Arteta: "Holatimiz avvalgidan yaxshi, lekin..."
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "Vest Xem" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"O'yinimizdan xursandman. Ishga munosabatimiz, biz namoyish etgan sifat muhim edi. Bu o'yinda ustunlik qilish qiyin bo'lgan jamoaga qarshi bahsda yaxshi tasir qiladi.
Harakatlarimizdan mamnun bo'ldim, chunki "Vest Xem" ustidan g'alabaga erishish uchun haqiqatdan ham yaxshi o'yin ko'rsatishimiz shartligini bilardim.
CHempionat may oyida yakunlanadi. Holatimiz avvalgiga qaraganda yaxshi, lekin biz yanada yuqorilamoqchimiz", - dedi Arteta.
Fikrlar