Arteta: "Gvardiola futbolchi sifatida mening qahramonim edi. U bilan ishlash hayotimdagi eng to'g'ri qarorlardan biri bo'ldi"
20 noy 00:49
Yangiliklar
Arteta: "Gvardiola futbolchi sifatida mening qahramonim edi. U bilan ishlash hayotimdagi eng to'g'ri qarorlardan biri bo'ldi"
Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta "Manchester Siti"ni boshqarayotgan Xosep Gvardiola uning uchun qahramon bo'lganini malum qildi. Arteta ilgari Gvardiolaning "Siti"dagi murabbiylar jamoasida ishlagan.
"Men uni 15 yoshimda uchratganman. U futbolchi sifatida mening qahramonim edi. Biz birga ishladik va hayotimdagi eng ajoyib davrlardan birini boshdan kechirdik. Yana takidlayman, bugun bu lavozimda o'tirishim aynan uning katta xizmatidir.
Ehtimol, bu "Barselona"da olgan falsafamiz va tarbiyamiz nuqtai nazaridan bir-birimizga juda yaqin bo'lganimiz tufaylidir. Keyin esa men klubdan ketib, boshqalardan o'rganish va yangi tajriba orttirish o'zim uchun to'g'ri qaror deb bildim. U esa menga darhol o'zining murabbiylar jamoasiga qo'shilish imkoniyatini berdi. Bu hayotimdagi eng to'g'ri qarorlardan biri bo'ldi," - deya Artetaning so'zlarini Sky Sports nashri.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar