Arteta: "Gvardiola futbolchi sifatida mening qahramonim edi. U bilan ishlash hayotimdagi eng to'g'ri qarorlardan biri bo'ldi"

Administrator
20 noya 2025, 00:49
Arteta Gvardiola haqida iliq so'zlar aytdi.

Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta "Manchester Siti"ni boshqarayotgan Xosep Gvardiola uning uchun qahramon bo'lganini ma'lum qildi. Arteta ilgari Gvardiolaning "Siti"dagi murabbiylar jamoasida ishlagan.

"Men uni 15 yoshimda uchratganman. U futbolchi sifatida mening qahramonim edi. Biz birga ishladik va hayotimdagi eng ajoyib davrlardan birini boshdan kechirdik. Yana takidlayman, bugun bu lavozimda o'tirishim aynan uning katta xizmatidir.

Ehtimol, bu "Barselona"da olgan falsafamiz va tarbiyamiz nuqtayi nazaridan bir-birimizga juda yaqin bo'lganimiz tufaylidir. Keyin esa men klubdan kyetib, boshqalardan o'rganish va yangi tajriba orttirish o'zim uchun to'g'ri qaror deb bildim. U esa menga darhol o'zining murabbiylar jamoasiga qo'shilish imkoniyatini berdi. Bu hayotimdagi eng to'g'ri qarorlardan biri bo'ldi," - deya Artetaning so'zlarini Sky Sports nashri.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Sky Sports