Arteta Arshavin bilan RPLdagi hujumchining ehtimoliy transferini muhokama qildi
04 iyu 2020 10:20
Yangiliklar
Arteta Arshavin bilan RPLdagi hujumchining ehtimoliy transferini muhokama qildi
"Zenit"ning eronlik hujumchisi Serdar Azmun faoliyatini Angliya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Xabarlarga ko'ra, forvardning xizmatlariga "Arsenal" klubi qiziqish bildirmoqda.
Mikel Arteta Andrey Arshavin bilan Azmunning London klubiga ehtimoliy transferini muhokama qilgan.
39 yoshli Arshavin ayni damda "Zenit"da yoshlar futboli bo'yicha bosh direktor maslahatchisi bo'lib ishlamoqda.
25 yoshli Azmun joriy mavsum RPL doirasidagi 21ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol va 6ta assist qayd etgan.
Fikrlar