Arslonmurod Omonov Turkmaniston terma jamoasi safida gol urdi
14 dek 2018 16:35
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/467110_original.jpg)
![](/upload/storage/467110_220.jpg)
Arslonmurod Omonov Turkmaniston terma jamoasi safida gol urdi
Turkmaniston terma jamoasi Osiyo Kubogiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Yazguli Xojageldiev boshchiligidagi Turkmaniston terma jamoasi Antaliyadagi dastlabki yig'inni yakunladi. Bu haqda Turkmaniston futbol Federaciyasi rasmiy sayti xabar berdi.
Osiyo Kubogidagi guruhdoshimiz kuni kecha Eronning "Traktor Sozi" klubi bilan nazorat uchrashuvini o'tkazdi. Unda qo'shnilarimiz 4:1 hisobida g'alaba qozonishdi. G'olib jamoa safida gollarga Murat Annaev, Arslonmurod Omonov, Ata Geldiev va Didar Durdiev mualliflik qilishdi.
Eslatib o'tamiz, ushbu yig'in doirasida Turkmaniston bundan oldin Turkiyaning "Alanyaspor" klubini 4:0 hisobida mag'lub etgandi.
Endi raqibimiz 18-30 dekabr kuni yana Antaliyada yig'in o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
12:47
Jizzaxdagi gollarga boy dramada "Navbahor" "So'g'diyona"ni mag'lub etgan uchrashuvdan GALEREYA 5
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar