"Arsenal"ning sobiq sardori Yungbergning yordamchisiga aylandi
30 noy 2019 18:45
Yangiliklar


"Arsenal"ning sobiq sardori Yungbergning yordamchisiga aylandi
"Arsenal"ning sobiq sardori Per Mertesaker bosh jamoaning murabbiylar shtabi tarkibiga kirdi.
35 yoshli germaniyalik vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinlangan Fredrik Yungbergga yordam beradi.
Klub akademiyasida ishlagan Mertesaker 2011 yildan 2018 yilga qadar "Arsenal"da o'ynagan.
Eslatib o'tamiz, Yungberg Emerining istefosidan so'ng "Arsenal"ga vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinlangan edi. Londonliklar APLda 13 turdan so'ng 18 ochko jamg'argan holda jadvalda 8-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar