"Arsenal"ning sobiq o'yinchisi MLSda yil darvozaboni deb topildi
25 okt 2019 18:45
Yangiliklar


"Arsenal"ning sobiq o'yinchisi MLSda yil darvozaboni deb topildi
"Minnesota Yunayted" darvozaboni Vito Mannone MLSda 2019 yilning eng yaxshi darvozaboni deb topildi.
Bu haqda liga rasmiy sayti xabar bermoqda.
31 yoshli posbon joriy mavsum 46ta o'yin o'tkazib, o'z darvozasidan 61ta to'p o'tkazib yuborgan.
Italiyalik futbolchi 11ta o'yinda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan.
Eslatib o'tamiz, Vito Mannone 2006-2013 yillar davomida "Arsenal" sharafini himoya qilgan.
Qayd etish kerakki, ushbu sovrin o'tgan yili oldinroq "Manchester Siti"da o'ynagan Zak Steffenga berilgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar