“Arsenal”ga “Barselona” vingeri kerak

6 iyul 2019, 07:45
London klubi braziliyalik Malkomni jamoaga olib kelishni xohlamoqda.

Malkom o'yin amaliyoti kamligi sabab Kataloniya klubini tark etishi mumkin. Futbolchining xizmatlariga “Arsenal” jiddiy qiziqib qolgan. “To'pchilar” futbolchini bir mavsumga ijaraga olishni istamoqda. Agar futbolchi o'zini ko'rsata olsa, klub uni to'liq sotib oladi. Ma'lum bo'lishicha, London klubi bu borada “Barselona” bilan dastlabki muzokaralarni boshlagan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Mirror