"Arsenal"da 10-raqamning yangi sohibi ma'lum

Sherzod Nurmatov
22 iyul 2021, 19:59
"Arsenal" hujumkor yarim himoyachi Emil Smit-Rou bilan yangi uzoq muddatli shartnoma tuzganini e'lon qildi.

Smit-Rou "Arsenal" bilan 2026 yilning yozigacha mo'ljallangan shartnoma tuzdi va 10-raqamni oldi.

20 yoshli futbolchi 2021/22 yilgi mavsumda 10-raqam ostida to'p tepadi. 

Smit-Rou "kanonirlar" tarbiyalanuvchisi sanaladi va klub tizimida 10 yoshidan beri harakatlanib keladi. 

U o'tgan mavsumda 37 o'yinda 7 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: arsenal.com