"Arsenal" yangi azosi Trossard MYUga qarshi bahsdagi debyuti haqida gapirdi
23 jan 2023 13:30
Yangiliklar


"Arsenal" yangi azosi Trossard MYUga qarshi bahsdagi debyuti haqida gapirdi
Hujumchi Leandro Trossard Angliya chempionatining 21-turidan o'rin olgan "Manchester Yunayted"ga qarshi (3:2) o'yinda "Arsenal" safidagi debyutidan his-tuyg'ulari bilan o'rtoqlashdi.
28 yoshli belgiyalik futbolchi "Emireyts" stadionida bo'lib o'tgan uchrashuvning 82-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi.
"Ko'rishganimdan xursandman, "kanonirlar"! Katta g'alaba va aql bovar qilmaydigan atmosfera!" – deb yozdi Trossard ijtimoiy tarmoqlarda.
Vinger 20 yanvar kuni 24 million evro evaziga "Brayton"dan "Arsenal"ga o'tgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar