"Arsenal" yana "Sporting" himoyachisi variantiga qaytadi
12 sen 2023 15:09
Yangiliklar
"Arsenal" yana "Sporting" himoyachisi variantiga qaytadi
Portugaliyaliklar allaqachon "kanonirlar"ga rad javobini berishgan.
"Arsenal" qishki transferlar vaqtida himoyachi Usmon Diomandening transferi bo'yicha "Sporting" bilan muzokaralar olib boradi, deb xabar berdi "Record".
"Kanonirlar" 19 yoshli ivuarlik futbolchiga qiziqishda davom etmoqda. Lissabon klubi yozda 30 million evrolik taklifni rad etgandi.
"Sporting" futbolchini 80 million evroga baholamoqda.
Usmon Diomande "Sporting" safida 21 ta o'yinda qatnashib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U allaqachon Kot d'Ivuara terma jamoasiga chaqirilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar