"Arsenal" yana oltin medallarsiz qoladimi?
01 jan 2024 13:51
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/774294_original.jpg)
![](/upload/storage/774294_220.jpg)
"Arsenal" yana oltin medallarsiz qoladimi?
Londonning "Arsenal" klubi ketma-ket ikkinchi bor mag'lub bo'ldi. Oxirgi 6 o'yinda – bitta g'alaba va Angliya Kubogida "Liverpul" bilan bahs kutib turibdi.
Mikel Arteta jamoasi APL 20-turi doirasida "Fulxem"ga imkoniyatni boy berdi (1:2). 28 dekabr kuni jamoa yana bir derbida – "Vest Xem"ga yutqazgandi (0:2). Undan avval "Liverpul" bilan durang qayd etilgandi.
APL va ECHL doirasidagi so'nggi 6 uchrashuvda "kanonirlar" bor yo'g'i bir marta g'alaba qozonishgan.
Eslatib o'tamiz, 7 yanvar kuni "Arsenal" Angliya Kubogi diorasida "Liverpul" bilan ro'baro keladi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar