"Arsenal" yana oltin medallarsiz qoladimi?

Omonjon To`xtamirzayev
1 yanv 2024, 13:51
Londonning "Arsenal" klubi ketma-ket ikkinchi bor mag'lub bo'ldi. Oxirgi 6 o'yinda – bitta g'alaba va Angliya Kubogida "Liverpul" bilan bahs kutib turibdi.

Mikel Arteta jamoasi APL 20-turi doirasida "Fulxem"ga imkoniyatni boy berdi (1:2). 28 dekabr kuni jamoa yana bir derbida – "Vest Xem"ga yutqazgandi (0:2). Undan avval "Liverpul" bilan durang qayd etilgandi.

APL va YCHL doirasidagi so'nggi 6 uchrashuvda "kanonirlar" bor yo'g'i bir marta g'alaba qozonishgan.

Eslatib o'tamiz, 7 yanvar kuni "Arsenal" Angliya Kubogi diorasida "Liverpul" bilan ro'baro keladi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia