So’nggi yangiliklar

10:20“Рома“ ҳужумчисига Россиядан таклиф бор  0 09:51“Ньюкасл“ Жанубий Корея терма жамоаси аъзоси билан шартнома тузмоқчи  0 09:22“Бавария“га “Ливерпул“нинг икки нафар футболчиси керак  0 08:52Пролига. Бугун Тошкент дербиси бўлиб ўтади  1 08:24Суперлига. Бугун 2 та учрашув бор  7 07:54“Насаф“ етакчисига Қатар ва БААдан таклиф бор  6 07:25Жоэль Кожо фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  6 01:47Ансу Фати янги жамоаси учун тиббий кўрикдан ўтди  1 01:18"Атлетико" ёзги трансферлар учун жуда катта маблағ ишлатади  3 00:55Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан чиқарди, "Динамо" эса сафарда ўн киши бўлиб зафар қучди  2 00:53Ҳусайн Норчаев: "Бугун ҳимояда чалкашликлар бўлди. Кейинги ўйинларда яхшироқ ҳаракат қиламиз"  0 00:29Шароф Муҳиддинов: "Футбол 90-дақиқадан кейин ҳам ўйналади"  4 23:58Брайан Риаскос: "Бу голлар тасодиф эмасди"  10 23:32Рўзиқул Бердиев: "Икки очко йўқотдик деб ўйлайман"  29 23:11Баҳром Ҳайдаров: "Футболчилар мураббийсиз ҳам ғалаба қозонса бўлади"  8

"Arsenal" Vlaxovich uchun 80 million evro to'lashga tayyor, biroq futbolchi buni istamayapti Yangiliklar

"Arsenal" Vlaxovich uchun 80 million evro to'lashga tayyor, biroq futbolchi buni istamayapti

"Arsenal" "Fiorentina" hujumchisi Dushan Vlaxovichni sotib olmoqchi.

London klubi allaqachon florenciyaliklar bilan forvard transferi borasida muzokara olib borgan. 

"Fiorentina" bosh direktori Jo Barone va sport direktori Daniel Prade "kanonirlar"ning istagini bilish uchun Londonga uchib ketishdi.

"Arsenal" "Fiorentina" so'rayotgan 80 million evroni yanvarda to'lashga tayyor. Londonliklar summaning bir qismini belgilangan shaklda, bir qismini esa bonuslar ko'rinishida to'lamoqchi.

Klublar kelishuvga erishishga yaqin, biroq futbolchi va uning agenti "Arsenal"ga o'tishni istamayapti. Futbolchining agenti yanada yaxshiroq takliflarni o'rganmoqchi va yozgacha kutishga tayyor.

Agar shunday bo'ladigan bo'lsa, "Fiorentina" qiyin ahvolga tushib qoladi, chunki klub yanvar oyida Vlaxovichning o'rniga hujumchi sotib olmoqchi edi. Asosiy nomzod "Sassuolo"dan Domeniko Berardi hisoblanadi.

Joriy mavsumda 21 yoshli futbolchi A Seriyaning 11 o'yinida 8 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика