So’nggi yangiliklar

01:21МЮ янги устози: "Манчестер Сити" - дунёнинг энг яхши жамоаси, Гвардиола эса энг яхши мураббий"  0 01:01ЭЛИТ ОЧЛ. Неймар яна жароҳат олди, "Ал Ҳилол" йирик ғалабага эришди  5 00:06Мората ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Родри қолганлардан хотиржамроқ"  0 23:09Фирмино ва Махрезнинг голлари туфайли "Ал Аҳли" йирик ғалабани тантана қилди  0 23:04Элит ОЧЛ. Остон Ўрунов жамоаси дурангга рози бўлди  4 22:42Эшитдик-да! "Пахтакор"нинг Эрон клубига қарши ўйини Тожикистонда ўтиши мумкин  6 22:13"Арсенал"ни тарк этаётган Эду Гаспар бирданига 3та клубни бошқаради ва маоши 3 баравар ошади  1 21:35"Ал-Райян" бош мураббийи: "Дастлабки турларда Саудия "гранд"ларига қарши ўйнадик. Икки жамоа учун ҳам очколар жуда-жуда зарур"  3 21:17Аморим "Манчестер Сити"га қарши баҳс ҳақида: "Агар "Спортинг" ютса кимлардир МЮга янги Фергюсон келяпти дейди"  3 19:52Бруну Фернандеш: "Тен Хагдан кечирим сўрадим"  5 19:211 ой олдин "Насаф"га мағлуб бўлган мураббий "Рома"да Шомуродовнинг янги устозига айланиши мумкин  6 18:52МЮ афсонаси: "Манчестер Юнайтед" - мутлақо ўртамиёна жамоа"  1 18:25Дербида кучлар тенг келди ГАЛЕРЕЯ  0 17:5619 ёшли тўпурар ва бошқалар — Суперлигада 23-турнинг энг яхшилари  3 17:30Эшитдик-да! "Металлург" ва "Қизилқум"га таъқиқ қўйилади, "Нефтчи" ва "Навбаҳор" ҳам жазоланиши мумкин  8

"Arsenal" va "Nicca" taklifi, O'zbekistondagi akademiya va Xitoydagi maosh - Odil Ahmedov bilan katta intervyu Yangiliklar

"Arsenal" va "Nicca" taklifi, O'zbekistondagi akademiya va Xitoydagi maosh - Odil Ahmedov bilan katta intervyu

"SHanxay SIPG" va O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Ahmedov Izvestiya nashriga intervyu berdi.

- Uch yildan beri Xitoyda to'p tepyapsiz. Bu mamlakatga to'liq ko'nikib ketdingizmi?

- Meni Xitoyda yaxshi kutib olishganidan boshlasam. O'zimni bu erda qulay his qilishim uchun klub barchasini muhayyo qildi. SHunga qaramasdan mentalitet va til o'rtasidagi farq sezildi. Endi CHin o'lkasiga ko'nika boshlayapman deyishim mumkin.

- Bu mamlakatda aynan nimaga o'rganish qiyin bo'ldi?

- Hozirgaa Xitoy oshxonasiga ko'nika olmayapman. SHu sababli mahsulotlarni O'zbekistondan olib kelaman. Uyda o'zbek milliy taomlarini o'zimiz tayyorlaymiz.

- Xitoyda ko'proq nimadan hayron bo'ldingiz?

- Xitoyliklarning o'zidan. Ular juda pozitiv va doimo yordamga tayyorlar. Bu mamlakatda bag'ri keng insonlar yashaydi.

- Bungacha uzoq vaqt Rossiyada to'p tepdingiz, mamlakatimizni sog'inmayapsizmi?

- Sog'inyapman. Olti yil Rossiya chempionatida o'ynadim. Bu bahslar mening futbolchilik faoliyatimdagi eng yorqin lahzalar bo'lib saqlanib qoladi. Rus klublari evrokuboklarda o'ynashdek orzuimni amalga oshirishdi. Muxlislaringizni eslamasa bo'lmaydi, ular doimo yonimda turib, meni qo'llab-quvvatlashgan. Bu xotiralar juda qadrli.

- "SHanxay SIPG"da sizga "Zenit"da ishlagan Andre Villash-Boash ustozlik qildi. Rossiyada u ko'pincha hakamlik va chempionat tuzilmasiga etiroz bildirar edi. Xitoyda ham shunday bo'ldimi?

- Ha, bo'ldi, biroq bu liga biroz qatiqqo'lroq. Boash gaplari uchun bir nechta o'yinga diskvalifikaciya qilindi. Umuman olganda murabbiy Rossiyani ko'p eslardi.

- Xitoyda avval Rossiya Premer-ligasida o'ynagan bazi futbolchilar to'p tepmoqda. Ularning Rossiyaga qaytishi haqiqatga yaqinmi?

- Menimcha, ayni damda buning iloji yo'q.

- Siz mamlakatimizga qayta olasizmi?

- RPLda bo'ladigan takliflarni ko'rib chiqishga tayyorman. Rossiya chempionatiga yuqori baho beraman.

- Xitoyga o'tishingizdan avval Evropadan taklif borligi haqida mish-mishlar paydo bo'lgan edi. Xususan Franciyadan. Bu haqiqatmi?

- Ha, rost. "Nicca"ga o'tish varianti bor edi. Ammo "SHanxay SIPG" bergan taklif meni va o'sha paytdagi klubim - "Krasnodar"ni to'liq qoniqtirgan. SHu sababli faoliyatimni Xitoyda davom ettirishga qaror qildim.

- "Anji"da o'ynagan paytlaringiz sizga "Arsenal" qiziqqani haqida xabarlar paydo bo'lgan. Bu malumot haqiqatga to'g'ri keladimi?

- Ha, shunaqasi ham bo'lgan. "Anji"ga taklif kelib tushgan, ammo o'sha paytda Maxachkala jamoasi o'z oldiga yuksak masadlarni qo'ygan ajoyib loyiha edi. Meni Dog'iston klubining muhim futbolchilaridan biri sifatida hisoblashgan.

- Nega bu transfer amalga oshmay qoldi?

- Franciyaliklar aytganidek, c'est la vie (bu hayot) (kuladi).

- Ko'pchilikning aytishicha, Xitoyda futbolchilarga juda katta maosh to'lanadi. "Krasnodar"dagi maoshingiz hozirgisi bilan farq qiladimi?

- Raqamlarni ayta olmayman, biroq "Krasnodar" bilan solishtiradigan bo'lsak, hozirgi maoshim ko'proq.

- "Anji"dan "Krasnodar"ga o'tganingizda maoshingiz qay darajada pasaygan?

- To'g'risini aytsam, solishtirmaganman (kuladi).

- Aytishlaricha, o'yiningiz "Krasnodar" egasi Sergey Galickiyga yoqar ekan. Qanday qilib u sizni Xitoyga qo'yib yubordi?

- Sergey Nikolaevichni juda hurmat qilaman, biz doimo bog'alnib turganmiz, u tez-tez mashg'ulotlarga kelib turardi. Uning Rossiya futboliga juda katta xissa qo'shgan. Bu asta-sekin foyda bermoqda. Xitoyga ko'chib o'tganim haqida gapiradigan bo'lsam, shunday deyish mumkin: Futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin, xatto turli transferlar ham.

- Siz ham mamlakatingizda akademiya ochibsiz. Galickiy izidan bormoqchimisiz?

- Ha, ammo hozircha katta gapirishga erta. Akademiyam (Odil Junior)da juda yosh futbolchilar shug'ullanishmoqda. Evropa akademiyalari, ayniqsa "Krasnodar" bilan hamkorlik qilishni rejalashtirganman. Yaqin kelajakda hamkorlik bo'yicha maxsus programma yaratib, uni Sergey Nikolaevichga namoyish qilmoqchiman.


- Futbol akademiyasini yaratish va uni taminlab turish qanchalik qimmat?

- Ayni damda pul katta ahamiyatga ega emas. Men uchun akademiyani sifatli rivojlantirish muhim. Kelajakda bizning tarbiyalanuvchilar O'zbekiston terma jamoasi safida jahon chempionatida ishtirok etishlarini juda ham istayman. Agar bu sodir bo'lsa, o'zimni baxtli his qilaman.

- O'zbekiston hukumati yordam berdimi?

- Akademiya ochish - shaxsiy g'oya. Bu fikr "Paxtakor"da o'ynagan paytlarimdagi yaqin do'stlarim tomonidan qo'llab-quvvatlandi.

- Galickiyni avvalgi rahbar - Sulaymon Kerimov ("Anji" sobiq egasi) bilan solishtira olasizmi. Dog'istonlik biznesmen bilan muloqot qilishga to'g'ri kelganmi?

- Uni ham hurmat qilaman. Suleyman Abusaidovich ham futbolchilar bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqot qilishni yaxshi ko'rardi, biz ko'pincha kechki ovqatni birga qilardik.

- "Anji"dagi qaysi damlarni ko'proq qo'msaysiz?

- O'sha yulduzli tarkibni yodga oling! Kim o'sha jamoaning asosiy tarkib futbolchisi bo'lishdan bosh tortardi? Har bir poziciyada mamlakatning eng kuchli sportchilari bo'lgan. Bolaligimda televizor orqali kuzatgan futbolchilar bilan birga o'ynash - bu hissiyotlarni so'z bilan tushuntirib bo'lmaydi.

- "Anji" legionerlari hamda rossiyalik futbolchilar o'rtasida kelishmovchilik bo'lgan ekan?

- Bazida shunaqasi ham bo'lardi. Igor Denisovning transferidan so'ng, u va franciyalik Lassana Diarra o'rtasida kelishmovchilik bo'lgan. Natijada bu ichki atmosferaga tasir ko'rsatgan. Hammasi nima bilan yakunlanganini barcha yaxshi biladi (Denisov 2013 yilning yozida "Anji"ga o'tadi va bir necha oydan so'ng klub rivojlanish yo'nalishini o'zgartirib, barcha yulduzlarni sotib yuboradi).

- "Anji" rivojlanish yo'nalishini o'zgartirayotganini qanday bilgansiz? O'sha payt jamoada nimalar bo'lgan?

- Hammasi juda tez sodir bo'lgan, hammaga bu haqida aytib, barchani yulduzlarni sotib yuborishgan. Bu deyarli bir kunda amalga oshgan.

- Nega siz boshqa yulduzlar kabi jamoani tezda tark etmadingiz?

- Voqealar rivoji boshqa tomonga burilganidan so'ng nega klubni tark etmadim? Boshqacha yo'l tuta olmasdim. "Anji"ga pul uchun emas, Rossiya chempionatida o'zimni ko'rsatish uchun o'tganman. Klub menga imkoniyat berdi, qanday qilib jamoani og'ir vaziyatda tashlab ketardim?

- O'sha paytda Evropaga ko'chib o'tish uchun takliflar bo'lganmi?

- Evropadan ko'p talkiflar olganman, ammo har doim qaysidir detallar muzokaralar rivojlanishiga yo'l bermagan.

- Hozir "Anji"da sodir bo'layotgan voqealarga qarash og'riqlimi? Klub jiddiy moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda - maxachkalaliklar mavsumni yakunlay olmasliklari mumkin.

- Buning hammasi juda og'riqli. "Anji" - chet eldagi mening birinchi klubim. Jamoa juda qadrli. Klub chempionatdagi avvalgi joyini qaytarishi maxachkalalik muxlislar uchun juda muhim.

Intervyuning rus tilidagi talqini.

Reyting: +79   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика