"Arsenal" va "Atletiko" Vlaxovichga qiziqmoqda. "Fiorentina" 60 mln evrodan boshlanadigan takliflarni ko'rib chiqadi
09 avg 2021 17:16
Yangiliklar
"Arsenal" va "Atletiko" Vlaxovichga qiziqmoqda. "Fiorentina" 60 mln evrodan boshlanadigan takliflarni ko'rib chiqadi
"Fiorentina" hujumchisi Dushan Vlaxovich Evropa klublari qiziqishlariga sabab bo'lmoqda.
21 yoshli o'yinchiga hammadan ko'p "Arsenal" va "Atletiko" qiziqmoqda, bu haqda jurnalist Janluka Di Marcio xabar bermoqda. Madridliklar serb bilan birgalikda "Atalanta" forvardi Duvan Sapatani ham ko'rib chiqishmoqda.
Vlaxovichga "Tottenxem" ham qiziqishni saqlab turibdi, ammo londonliklar Xarri Keyn ketgan taqdirda faollashishadi.
"Fiorentina" o'yinchini jamoada saqlab qolmoqchi, ammo Toskaniya klubi 60 million evrodan boshlanuvchi takliflarni ko'rib chiqishi mumkin.
Vlaxovich o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 37ta o'yinda maydonga tushib, 21ta gol urishga erishdi.
Fikrlar