"Arsenal" ukrainalik futbolchi uchun 60 mln evro to'lashga tayyor
06 noy 2022 13:25
Yangiliklar
"Arsenal" ukrainalik futbolchi uchun 60 mln evro to'lashga tayyor
"SHaxtyor"ning ukrainalik hujumkor yarim himoyachisi Mixail Mudrik hali ham Londonning "Arsenal" klubi short-listida bor.
Insayder Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, "kanonirlar" 21 yoshli o'yinchiga yanvar oyidagi transfer maqsadi sifatida qaramoqda. APL etakchisi futbolchi uchun 50-60 million evro to'lashga tayyor.
London klubi o'tgan yozda Mudrikning transferi borasida muzokaralar olib borgan va o'yinchi uchun 30 million evro taklif qilgan edi. Ammo, "SHaxtyor" o'shanda taklifni rad etgandi.
Mixail 2018 yildan beri Ukraina jamoasi sharafini himoya qiladi. U joriy mavsum 12ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 7ta assist qayd etdi.
Fikrlar