"Arsenal" Torreyra bo'yicha bir qarorga keldi
19 iyu 2022 19:09
Yangiliklar
"Arsenal" Torreyra bo'yicha bir qarorga keldi
Jurnalist Nikolo Skiraning takidlashicha, London klubi Lukas Torreyraning jamoada bo'lishini rejalashtirmagan. Bundan kelib chiqib, yarim himoyachi yozgi transfer oynasida "Arsenal"ni tark etishi kerak bo'ladi.
Torreyra o'tgan mavsumda "Fiorentina"da ijara asosida o'ynagandi.
Qayd etilishicha, urugvaylik futbolchini A Seriyaga chiqqan "Monca" hamda "Roma" klubi taklif qilgan.
Lukas Torreyraning "Arsenal" bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar amal qiladi. Avvalroq "Fiorentina" yarim himoyachini 15 million evroga sotib olish variantini faollashtirishdan bosh tortgandi.
26 yoshli urugvaylik yarim himoyachi o'tgan mavsumda "binafshalar" safida barcha turnirlarda 35 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar