So’nggi yangiliklar

01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  4 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  0 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  0 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  1 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  2 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  3 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  2 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  2 19:47"Андижон" тарихда илк бор ОЧЛ 2 да: тайёргарлик, қуръа ва учрашувлар санаси  13

"Arsenal" tarixidagi eng yaxshi besh sardor Yangiliklar

"Arsenal" tarixidagi eng yaxshi besh sardor

Teglar :  ArsenalTerri Anri
Quyida London klubi tarixidagi eng yaxshi besh sardor haqida so'z yuritamiz.

Afsuski, "Arsenal" so'nggi yillarda sardorlik bo'yicha oqsab kelmoqda. Loran Koselni Per Martezakerni almashtirgan bo'lsa, Mikel Artetadan oldin Tomas Vermalen edi, u ikki mavsumda atigi etti o'yinda qatnashgandi.

Vaziyat shu qadar yomonlashdiki, sobiq murabbiy Unai Emeri jamoadan sardorlikni ovozga qo'ydi. Va unda Granit Jaka yutdi. Hozir esa sardorlik bog'ichi Obameyangda.

Oldinlari vaziyat boshqacha edi. Keling, shuni yodga olib o'tamiz.


5. Terri Anri - 2005 yildan 2006 yilgacha

Rasmiy ravishda Anri atigi bir mavsum sardor bo'lgan, ammo shu vaqtga qadar u jamoada etakchi bo'lib kelgan. SHuning uchun biz uni shunchaki ro'yxatdan chiqarib tashlay olmaymiz.

Ajoyib hujumchi 2006 yilda CHempionlar ligasi finalida sardor bo'lgan. U gol urdi, motivaciya ulashdi va jamoadoshlariga yordam berdi. Arsen Venger uni shunchalik qadrlardiki, hatto 2011/12 yilgi mavsumda uni klubga qaytardi. Faoliyatini tugatgandan so'ng, u "Arsenal" yoshlar jamoasiga murabbiylik qildi va Aleks Ivobi, Ris Nelson va Eddi Nketia kabi futbolchilarni rivojlanishiga yordam berdi.



4. Jo Merser - 1946 yildan 1955 yilgacha

Ikkinchi Jahon urushidan ko'p o'tmay, Jo Merser "Everton"dan "Arsenal" ga o'tdi. Bu erda juda foydali o'yin ko'rsatgani sababli uni darhol sardor sifatida tayinlashdi.

Himoyachi klubga sodiq edi va har o'yinlarda qatnashish uchun Liverpuldan Londonga uzoq safar qilardi. SHu sababli u jamoadoshlarini faqat o'yinlarda ko'rdi.

"To'pchilar" Mercer bilan ikki marta chempionlik sovrini va Angliya kubogini yutdilar. U ko'p jihatdan jamoani milliy chempionat peshqadamlaridan biriga aylantirdi.

1949/50 mavsumning eng yaxshi o'yinchisi - bu erda 275 marta maydonga tushib, faoliyatini yakunlagan.


3. Frenk Maklintok - 1967 yildan 1973 yilgacha

Jamoaning yana bir ximoyachisi - Frenk Maklintok. "Xayberi"da oltmishinchi yillar oxiri va etmishinchi yillar boshida juda muhim o'yinchi bo'lgan.

U 1968 yilda "Arsenal"da yilning eng yaxshi o'yinchisi deb tan olinganidan so'ng sardorga aylangan. U 1970 yilda yarmarkalar kubogi finalida ham jamoa bilan birga bo'lgan.

O'sha mavsumda jurnalistlar uni Angliyada eng yaxshi deb tan olishadi. U hatto Britaniya imperiyasining Kavaler ordeniga loyiq ko'rilgan.



2. Patrik Vieyra - 2002 yildan 2005 yilgacha

Patrik Veyra deyarli 15 yil oldin “Arsenal“ni tark etgan, ammo uning jamoadagi o'rni hanuz bilinadi. U katta harf bilan yozilgan oxirgi bunday sardor.

Istedodli va kuchli futbolchi yarim himoyada hukmronlik qildi va barchani ortidan ergashtirdi. 1998 yilgi Mundial qahramoni London shimolida oltita kubokni qo'lga kiritdi. U “engilmaslar“ davrida sardor bo'lgan.

2005 yilda Angliya kubogida Vieyra penaltidan g'alaba to'pini kiritdi, shundan so'ng u “Yuventus“ga o'tdi.


1. Toni Adams - 1988 yildan 2002 yilgacha

Uni “janob Arsenal“ deb bejiz atashmaydi. U Klub akademiyasini bitirgan. Toni Adams 21 yoshidayoq sardor bo'ladi. 14 yil davomida sardorlik bog'ichiga egalik qildi.

Himoyada Stiv Bould bilan afsonaviy duetga aylangan markaziy himoyachi “to'pchilar“ni ikkita APL kubogi, ikkita Liga kubogi va bitta kubok g'olibligi sari etaklagan. U Angliya tarixidagi uch o'n yillikda chempion bo'lgan yagona sardor.

Adams 504 uchrashuvda qatnashdi va butun faoliyatini “Xayberi“da o'tkazdi. “Afsona“ so'zi uni tariflash uchun zaiflik qiladi.




SHerzod Nurmatov tayyorladi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика