"Arsenal", "Sevilya" va "Lion" Pepega da'vogar

Aslanov Jasurbek
5 sen 2018, 14:19
"Lill" hujumchisi Nikolya Pepe o'tgan mavsumdagi o'yini bilan Yevropaning bir nechta klubi e'tiborini tortdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, ivuarlik futbolchini "Arsenal", "Sevilya", "Betis" va "Lion" kuzatmoqda. Fransiya klubi o'zining yetakchilaridan biri bilan xayrlashmoqchi emas. "Lill" yozgi transfer oynasida Pepe borasida bo'lgan 34 mln evrolik taklifni rad etdi.

Avgustda Dortmundning "Borussiya" klubi 22 yoshli forvard uchun 30 mln evro to'lashga tayyorligi e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L’Equipe