“Arsenal” posboni maydondan zambilda olib chiqib ketildi
20 iyu 2020 20:25
Yangiliklar


“Arsenal” posboni maydondan zambilda olib chiqib ketildi
Ayni payt APL 30-turidan o'rin olgan “Brayton” – “Arsenal” bahsi davom etmoqda.
Mehmonlar kiperi Bernd Leno to'p uchun kurash paytida maydonga noqulay quladi va tizzasidan jarohat oldi. Uning o'rnini zaxira posboni Emilyano Martines egallagan.
Avvalroq, “Manchester Siti”ga (0:3) qarshi bellashuvda himoyachi Pablo Mari oyog'ining to'pig'idan jiddiy jarohat olib, mavsum oxiriga qadar maydonga tusha olmasligi malum bo'lgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar