"Arsenal" O'zilni sotishga tayyor
21 dek 2018 10:41
Yangiliklar
"Arsenal" O'zilni sotishga tayyor
"Arsenal" qishki transfer oynasida yarim himoyachi Mesut O'zil borasida takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.
Malumotlarga ko'ra, "to'pchilar" bosh murabbiyi Unai Emeri xavbekning mashg'ulot va o'yinlardagi harakatlaridan norozi. O'zil "Tottenxem"ga qarshi bo'lib o'tgan Angliya liga Kubogi uchrashuvida (0:2) qaydnomaga kiritilmadi. Ispaniyalik mutaxassis buni taktika tufayli amalga oshirganini aytdi.
"Jamoada O'zildan tashqari barcha futbolchilar yangi murabbiy g'oyalari bo'yicha o'ynayapti" - deydi "Arsenal"dagi manba.
O'zil 2013 yil 47,5 mln. evro evaziga "Real"dan "Arsenal"ga o'tgan edi.
O’xshash yangiliklar
18:11
Jahon chempionati saralash bosqichi. O'zbekiston - KXDR uchrashuvini Ahmad al Kaf boshqarib boradi 15
Fikrlar