Qarshilik "Mesut O'zil" "Turon" bilan og'zaki kelishuvga erishdi

Mirjalol Normatov
6 iyun 2023, 19:11
Superligada autsayder maqomida so'nggi o'rinda ketayotgan "Turon" tarkibini kuchaytirish ishlarini boshlab yubordi.

Yaypanliklar "Nasaf" yarim himoyachisi Shohmalik Komilov bilan og'zaki kelishuvga erishdi. Tomonlar yozgi transferlar oynasi ochilishi bilan shartnoma imzolaydi. Avvalroq uning "ajdarlar" safida faoliyatini davom ettirmasligi haqida xabar bergan edik. 

Shohmalik Komilov bu mavsum "ajdarlar" safida barcha musobaqalarda 5ta o'yinda maydonga tushdi va 1ta gol urdi.

Ma'lumot uchun, Qarshida Shohmalikni Mesut O'zilga qiyoslashadi, uning o'zi ham ushbu futbolchiga taqlid qiladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia