"Arsenal" O'zilni okeanortiga yubormoqchi
11 okt 2020 00:50
Yangiliklar
"Arsenal" O'zilni okeanortiga yubormoqchi
Londonning "Arsenal" klubi rahbariyati yarim himoyachi Mesut O'zil bilan xayrlashishni istayapti.
Takidlanishicha, "to'pchilar" germaniyalik futbolchi bilan shartnomani bekor qilmoqchi. Boisi shundaki, londonliklar O'zilga haftasiga 350 000 funt maosh to'lamoqchi emas. Futbolchining o'zi esa kelishuvni bekor qilish uchun ushbu mavsum davomida olishi kerak bo'lgan 13 mln funt miqdoridagi mablag' to'lanishini talab qilyapti.
O'zil bilan muzokaralarda bir necha bor muvaffaqiyatsizlikka uchragan "Arsenal" 31 yoshli futbolchini MLS klublaridan biriga sotishga umid qilyapti. Malumot uchun, okeanortida transfer oynasi 29 oktyabr sanasida yopiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar