"Arsenal" O'zilni Evropa Ligasi o'yinlari uchun qaydnomaga kiritmadi
08 okt 2020 11:04
Yangiliklar


"Arsenal" O'zilni Evropa Ligasi o'yinlari uchun qaydnomaga kiritmadi
Londonning "Arsenal" klubi Mesut O'zil va Sokratis Papastatopulosni Evropa Ligasi o'yinlari uchun qaydnomaga kiritmadi.
"Arsenal" guruh bosqichida "Rapid", "Molde" va "Dandolk" jamoalari bilan o'ynaydi.
O'zil so'nggi bor "to'pchilar" tarkibida 7 martda maydonga tushgan edi. O'zil "Arsenal"ga 2013 yilda Madridning "Real" klubidan 47 million evro evaziga o'tgan edi.
31 yoshli xavbek o'tgan mavsum Angliya chempionati doirasidagi 18ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.
Germaniyalik futbolchining London klubi bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar