"Arsenal" o'z futbolchisini 25 mln. funt evaziga "Chelsi"ga sotmadi

Aslanov Jasurbek
11 avg 2017, 12:16
"Arsenal" rahbariyati yarim himoyachi Aleks Oksleyd-Chemberlenni sotishni istamadi.

23 yoshli inglizning xizmatlariga "Chelsi" qiziqish bildirmoqda. London klubi vakillari 25 mln. funtlik taklif yuborishdi, ammo "to'pchilar" rad javobini berishdi.

Ma'lum bo'lishicha, "Chelsi" yozgi transfer oynasida 20dan ortiq futbolchisini ijaraga berdi, ammo Arsen Venger raqibiga achinmayapti.

"Agar ular ijaraga berib yuborgan futbolchilar soniga e'tibor bersangiz, ular kimlarnidir qaytara olishini bilasiz. Ularga hamdardlik bildiraman. Ammo "Chelsi"ga futbolchilar yetishmayotganligi tufayli achinmayman" - deydi Venger.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail