"Arsenal" - "Olimpiakos" o'yini oldidan qiziqarli voqea sodir bo'ldi
21 fev 2020 14:41
Yangiliklar
"Arsenal" - "Olimpiakos" o'yini oldidan qiziqarli voqea sodir bo'ldi
Evropa Ligasi 1/16 final doirasidagi "Arsenal" - "Olimpiakos" (1:0) o'rtasidagi o'yinda kulgili hodisa ro'y berdi.
O'yinchilar bilan maydonga chiqqan bolakay boshqa bolalar ketib qolishganida nima qilishini bilmay qoldi.
"Arsenal" futbolchilari esa bolani o'zlariga chorlashdi. Yakunda bolakay "to'pchilar" bilan birga jamoaviy suratga tushdi.
Eslatib o'tamiz, "Olimpiakos" - "Arsenal" o'yinida mehmonlar hujumchisi Aleksandr Lyakazettning 81-daqiqada urgan goli o'yin taqdirini hal qildi.
Fikrlar