“Arsenal” Obameyang bilan muzokara olib bormoqda
13 okt 2019 07:57
Yangiliklar
“Arsenal” Obameyang bilan muzokara olib bormoqda
Londonning “Arsenal” klubi rahbariyati jamoa hujumchisi Per-Emerik Obameyang bilan amaldagi shartnomasini 2023 yilga qadar uzaytirish niyatida.
Tomonlar muzokarani boshlashdi, deya xabar bermoqda La Gazetta dello Sport jurnalisti Nikolo Skira o'zining Tvitterdagi sahifasida.
Obameyang 2018 yildan buyon “Arsenal” safida to'p tepib kelmoqda. Ilgariroq u “Borussiya “(D), “Sent-Eten”, “Monako”, “Lill” “Dijon”, “Milan” klublari sharafini himoya qilgan. 30 yoshli futbolchining londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
Joriy mavsumda Per-Emerik APLning 8 ta uchrashuvida 7 ta gol urishga erishdi. SHuningdek, Evropa ligasi bahslarida ikkita o'yinda maydonga chiqib, 1 ta gol urdi. Sentyabr oyi yakunlariga ko'ra u APLning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar