"Arsenal" Mings borasida taklif bilan chiqadi

Narzulla Saydullayev
5 dek 2014, 14:03
"Arsenal" qishki transfer bozori vaqtida "Ipsvich" vakili Tayron Mings uchun 8 million funt berishga tayyor.
"Kanonirlar" ustozi Arsen Venger 21 yoshli inglizga anchadan buyon qiziqib qolgan. The Telegraph nashrining xabariga ko'ra, yanvarda "Arsenal" Mingsni sotib oladi.

"Arsenal" vakillari so'nggi oylarda "Ipsvich" o'yinlarini kuzatib borishmoqda. Tayronning jismoniy holati va universaligi London klubining e'tiborini tortdi. Mings himoyaning chap qanotida ham, markazda ham o'ynay oladi.

Mings yozdayoq Premer-Ligada paydo bo'lishi mumkin edi. Biroq "Ipsvich" "Kristal Pelas"ning 3 million funtlik taklifini rad qilgandi. Shundan so'ng Tayron Chempionship klubi bilan shartnomasini 2017 yilga qadar uzaytirgandi.

Qo'shimcha qilish mumkinki, Mings "Sautgempton" klubi akademiyasi tarbiyalanuvichisi hisoblanadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fapl.ru