So’nggi yangiliklar

16:08Леау Ла Лиганинг топ клубларидан бирига ўтиши мумкин  1 15:40Тер Штеген "Барселона"дан кетиши мумкин. Нега?  1 14:32Орзу йўлининг муваффақиятли якуни ёхуд ҳар қадамда тарихга кирган Кападзе   4 14:11"Реал" 39 ёшли футболчи билан шартнома имзолаши мумкин?!  4 13:40ЦСКА бош мураббийи клубдан кетишга яқин  4 13:12"Ньюкасл" "Манчестер Юнайтед"нинг собиқ вингерини харид қилиши мумкин  0 12:42Гвардиола Ямал ҳақида: "Афсусдаман, аммо Мессига ўхшаши бўлмайди. Бу имконсиз"  16 12:12Ўзбекистоннинг 17 клуби ОФК лицензиясини қўлга киритди, аммо...  0 11:41Жака Италия гранди сафига ўтиши мумкин  2 11:17Осимхен "Ал Ҳилол"га ўтмоқдами?  1 10:50“Челси“ ва “Арсенал“да ўйнаган футболчи фаолиятини Бразилияда давом эттиради  0 10:33Расман. Ўруновнинг ўрнига Абдихолиқов чақирилди  13 10:17“Челси“ “Барселона“ ярим ҳимоячиси учун 75 миллион евро таклиф қилд  4 09:42“Барселона“ ҳимоячиларидан бири билан шартномани бекор қилишга яқин турибди  1 09:05Жаҳон чемпионати қуръаси қачон бўлади?   31

"Arsenal" - "Midlsbro". Arsen Venger ishtirokidagi matbuot-anjumani Yangiliklar

"Arsenal" - "Midlsbro". Arsen Venger ishtirokidagi matbuot-anjumani

Teglar :  Arsen Venger
Bugun "Arsenal" hamda "Bornmut" o'rtasidagi bahsdan oldin "to'pchilar" ustozi Arsen Venger ishtirokida matbuot-anjumani bo'lib o'tdi.

Venger har doimgidek matbuot-anjumaniga kechikib keldi va gapni jarohatlanganlardan boshladi.

"Hammaga salom. Matbuot-anjumanini jarohatlanganlar bilan boshlasam. Santi Kasorla oyog'iga zarba qabul qilib olgan va u haqida bir narsa deyishim qiyin. Granit Jaka maydonga tushmaydi. U o'tgan uchrashuvda qizil kartochka olib, maydondan chetlatilgan.


Jiru seshanba kundan mashg'ulotlarga qaytishi mumkin. Aaron Remsi ham bir haftani o'tkazib yuboradi, ammo uning davolanishi yaxshi davom etmoqda. U "Sanderlend"ga qarshi bahsda maydonga qaytsa kerak.

Aleksis Sanses va Mesut Ozil shartnomasiga to'xtaladigan bo'lsak, biz muzokara o'tkazyapmiz va o'zimiz ham ularni jamoada olib qolishni istaymiz. Ozil hozir 28 yoshda va endi faoliyatining gullagan davrida. U klub kelajagiga xissa qo'shishini istaymiz. Ozil to'g'ri yo'lda ekanligiga ishonaman.


Premer-liga jungliga o'xshaydi va bu erda hamma sizni eb qo'yish niyatida yaxshaydi. Siz doimo etiborli bo'lishingiz kerak.

Yana jarohatlar haqida to'xtalmoqchiman. Biz so'nggi ikki-uch yil ichida mushak jarohatlari sonini kamaytirdik va bu o'sish davom etadi deb o'ylayman.

Ozil va Sanches? Men yozdagi o'yinlarni hisobga olib bu ikki futbolchiga qo'shimcha tatil berdim va qarorim to'g'ri bo'ldi deb hisoblayman.

Denni Uelbek jarohati haqida gapiradigan bo'lsam, uning davolanishi yaxshi davom etmoqda, ammo u yanvarda safga qaytadi" - deya so'zlariga yakun yasadi Venger.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика