So’nggi yangiliklar

10:55«Бавария» «Интер» юлдузи учун АПЛ клуби билан баҳслашади  1 10:53Ўзбекистонда трансфер ойнаси ёпилди. Жамоаларда амалга ошган сўнгги трансферлар барчаси битта саҳифада  16 10:26«Барселона» Левандовскига АПЛдан ўринбосар топди  5 10:01АПЛнинг икки клуби Мойзе Кинни қўлга киритмоқчи  0 09:37«Бавария» Киммихнинг маошини оширишга тайёр  0 09:34Холдорхонов "Навбаҳор"га текинга ўтган  0 09:14Осимхеннинг «МЮ»га трансфери 95 фоизга якунланди, инглизлар 70 млн евро тўлашга тайёр  3 08:50Трансфермаркт. «Навбаҳор» «Пахтакор» футболчиси учун яхшигина пулга сотиб oлди  13 08:24«Манчестер Сити»нинг «Тоттенхэм»га қарши ўйин учун тахминий таркиби  16 07:58«Реал» футболчиси Испания терма жамоасига илк бор чақирилиши мумкин  4 07:39«Сўғдиёна» Сериа А чемпионатида ўйнаган футболчи билан шартнома тузди  2 07:24«Қўқон-1912» навбатдаги легионер билан шартома тузди  1 07:11Винисиус "Реал" футболчилари билан ҳазиллашиб, Саудия Арабистони таклифини муҳокама қилди. Бразилиялик асосий эътиборини клубда ўйнашга қаратган, аммо ҳали келажаги борасида бир қарорга келмаган  5 03:50Испания кубоги. "Атлетико" "Барселона" учрашувида 8 та гол урилди  124 03:05АПЛ. "Челси" йирик ҳисобда "Саутгемптон"ни мағлубиятга учратди  4

APL. "Arsenal" o'z maydonida "Manchester Yunayted"ni mag'lub etdi Yangiliklar

APL. "Arsenal" o'z maydonida "Manchester Yunayted"ni mag'lub etdi

APL 34-tur doirasidagi "Arsenal" - "Manchester Yunayted" o'yini yakuniga etdi.

Arsenal

Nuno Tavares - 3', Bukayo Saka - 32', Granit Xhaka - 70'

Premier League . 34-tur

23/04/2022, 17:30

1
:
3
Tugadi

Manchester United

Cristiano Ronaldo - 34'

Stadion: Emirates Stadium, 60223 tomoshabin

Bosh hakam: Craig Pawson

45'
90'
3'  Nuno Tavares
27'  Edward Nketiah
32'  Bukayo Saka
64'  Emile Smith Rowe (Gabriel Martinelli)
67'  Granit Xhaka
68'  Nuno Tavares
70'  Granit Xhaka
70'  Mohamed Elneny
74'  Bukayo Saka (Rob Holding)
80'  Mohamed Elneny
90'  Cedric Soares (Takehiro Tomiyasu)
31'  Alex Telles
34'  Cristiano Ronaldo
34'  Nemanja Matic
57'  Bruno Fernandes
76'  Bruno Fernandes
77'  Nemanja Matic (Marcus Rashford)
77'  Anthony Elanga (Jesse Lingard)
82'  Victor Nilsson Lindeloef
84'  Bruno Fernandes (Juan Mata)
90'  Cristiano Ronaldo

"Arsenal" – "Manchester Yunayted" 3:1

"Emireyts"

Gollar: 1:0 – 3 Nunu Tavaresh, 2:0 – 32, penalti Saka, 2:1 – 34 Ronaldu, 3:1 – 70 Djaka.

Arsenal – Remsdeyl, Soaresh (Tomiyasu 90), Gabriel, Uayt, Nunu Tavaresh, Djaka, El-Nenni, Edegor, Smit-Rou (Martinelli, 64), Nketia, Saka (Xolding, 74).

Manchester Yunayted – De Xea, Diogu Dalot, Varan, Lindelef, Telles, Matich (Reshford, 77), Brunu Fernandesh (Mata, 84), Maktomini, Ronaldu, Sancho, Elanga (Lingard, 77).

Ogohlantirishlar: Telles (31), Djaka (67), Nunu Tavaresh (68), Brunu Fernandesh (76), El-Nenni (80), Lindelef (82), Ronaldu (90).

APL TURNIR JADVALI


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90. O'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

84. O'zgarish: Bruno Fernandesh o'rniga Mata maydonga tushdi.

77. Bruno raqibiga nisbatan juda qo'pol o'ynadi. VAR qizil kartochkani ko'rib chiqmoqda. Yo'q, VARdagilar bunga jazm qilishmadi.

70. GOOOL! JAKAAAAA! Granit o'z uslubida uzoq masofadan gol urdi. De Xea Jakaning zarbasini ko'rmay qoldi va to'pga ulgurmadi. 3:1.

68. To'pni oldirib, qarshi hujumga sababchi bo'lga Tavaresh markazdayoq qoida buzib, hujumni to'xtatdi. Futbolchi sariq kartochka bilan jazolandi.

66. "Arsenal" jarima maydonchasi ichidagi "kurash"da MakTominey raqib futbolchilarini ag'darib tashladi.

64. O'zgarish: Smit Rou o'rniga Martinelli maydonga tushdi.

63. ZARBAAA! Dalotning yaqin burchakka bergan kuchli zarbasini Remsdeyl qiyinchilik bilan qaytardi.

60. GOOOL! YO'Q! Ofsayd ekan. Ronaldu urgan gol hisobga olinmadi. Buni VAR ham tasdiqladi.

59. Elanga yana bir bor omadini sinab ko'rdi, darvozabon to'pni qaytardi.

57. YO'O'O'Q! Bruno tepgan to'p ustunga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

56. PENALTI! To'p qarshisida Bruno Fernandesh.

51. Tavaresh jamoadoshining uzatmasidan so'ng bir harakat bilan Dalotni "xot dogga yubordi", biroq undan keyin berilgan zarba juda noaniq bo'ldi.

46. Jamoalar maydonga qaytishdi. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

TANAFFUS!

45+3. Edegooor! Martinning zarbasi uzoq burchakka emas, De Xeaning o'ziga bordi. SHu sababli posbon to'pni qaytarib yubordi.
45+1. Birinchi bo'limga to'xtalishlar o'rnini qoplash uchun 5 daqiqa qo'shib berildi.

45. Arteta Gvardiola shogirdi ekanligini ko'rsatib, maydon chetida futbolchilarga qanday harakat qilishni faol tushintirib boryapti.

42. Edegor shikastlangan ko'rinadi. Matich undan qochib ketayotganda raqibiga tasodifan zarba berib yuboribdi, ammo bu harakat uchun Nemanya jazolanmaydi.

40. "Arsenal" amalga oshirgan burchak to'pi hujumning ikkinchi to'lqini orqali golga aylanishi mumkin edi, ammo Sakaning zarbasidan so'ng to'pni himoyachilar to'sib qolishdi.

34. GOOOL! RONALDUUUUUU! Matichning qanotdan uzatgan to'pini Ronaldu qarshi oldi va "Arsenal" darvozasini ishg'ol qildi.

32. Saka vs De Xea. Penalti duelida Sakaning qo'l baland keldi. 2:0.

27. GOOOL! Nketia baribir o'z maqsadiga erishdi. Gol bo'lgan vaziyatda ofsayd borga o'xshadi. VARni kutamiz. Ofsayd bor ekan, ammo o'sha vaziyatda penalti ham bo'lishi mumkin ekan. Hakam VAR ekraniga yaqinlashmoqda. GOL HISOBGA OLINMADI. PENALTI! Hakam penalti belgiladi.

25. ZARBAAA! Nketia yaqin masofadan bergan zarbasini De Xea qaytardi. Ofsayd yo'q edi.

23. Himoyada "Arsenal" futbolchisi to'pni qo'li bilan o'ynagandek ko'rindi, ammo hakam bahsni to'xtatmadi, vaziyatni VARga ishondi.

20. RONALDUUU! Krishtianu o'tkir burchakdan darvozani nishonga olishga urindi, ammo to'p darvoza ustidan o'tib ketdi.

19. Edegorning zarbasi noaniq bo'ldi.

18. Hujumda ishi o'xshamagn Elanga endi himoyada "qovun tushirdi". U raqibga jarima zarbasi ishlab berdi. Masofa 22-23 metrni tashkil qiladi.

15. ELANGAAA! MYU futbolchisi yana bir vaziyatni yo'qqa chiqardi. Ammo zarba berishda unga Tavaresh halaqit qilgan ekan. VAR vaziyatni ko'rib chiqmoqda. Hech qanday penalti yo'q, VARdagilar shunday deyishdi.

13. Krishtianu Ronaldu himoyada jamoasiga yordam berib, to'pni olib qo'ydi, ammo keyinroq pas berishda xatoga yo'l qo'ydi.

10. Bruno Remsdeylning uzatmasini ilib oldi va tezda darvozaga zarba berdi, biroq ammo to'p himoyachining oyog'iga tegib, maydonni tark etdi.

6. Krishtianuning uzatmasidan so'ng Elanga gol urish uchun ajoyib vaziyatga ega bo'ldi, ammo uning zarbasidan so'ng to'pni Remsdeyl qaytardi.

3. GOOOL! TAVAREEESH! Sakaning zarbasidan so'ng to'pni De Xea qaytardi, qaytgan to'pga birinchi bo'lib Tavaresh ulgurdi va hisobni ochdi. MYU markaziy himoyasi Maguayrsiz ham kuchsiz ekanligini ko'rsatib qo'ymoqda. 

1. Uchrashuv boshlandi.

- Jamoalar APL madhiyasi ostida maydonga chiqib kelishdi.

"Arsenal": Remsdeyl, Soaresh, Gabriel, Uayt, Nunu Tavaresh, Jaka, El-Nenni, Edegor, Smit-Rou, Nketia, Saka.

"Manchester Yunayted": De Xea, Diogu Dalot, Varan, Lindelyof, Telles, Matich, Brunu Fernandesh, Maktomini, Ronaldu, Sancho, Elanga.

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика