So’nggi yangiliklar

20:15Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 - Япония U-23  2 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  0 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  4 18:13АПЛ топ-клублари "Ал Ҳилол" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  2 17:36"Тоттенхэм" ва "Барселона" "Арсенал" ҳужумчисига қизиқмоқда  3 17:08"Вест Хэм" "Манчестер Юнайтед"дан япониялик дарвозабонни илиб кетмоқчи  4 16:40Де Лигт: "Манчестер Юнайтед" учун ўтган мавсум ўтмишда қолди"  0 16:13"Реал" Винисиус Жуниорга ўринбосар топди – АПЛ юлдузи устувор вариант  4 15:45Breaking! "Ливерпуль" Исак билан келишувга эришди  20 15:22ЦСКА ҳимоячиси: "Туркия чемпионати Файзуллаев учун ЖЧ олдидан трамплин бўлади"  9 14:55Суперлига қайтмоқда! 16-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  6 14:34Расман: Бахтиёр Зайнутдинов – "Динамо М" футболчиси  1 13:42Мбаппенинг клуби Лига 2 га қайтмоқчи  0

APL. "Manchester Siti" "Arsenal"ni peshqadamlikdan mahrum qildi hamda 1-o'ringa ko'tarilib oldi Yangiliklar

APL. "Manchester Siti" "Arsenal"ni peshqadamlikdan mahrum qildi hamda 1-o'ringa ko'tarilib oldi

"Arsenal" hamda "Manchester Siti" o'rtasidagi APLning qoldirilgan 12-tur bahsi yakunlandi.

"Arsenal" - "Manchester Siti" 1:3

Gol: 0:1 – 24 de Bryuyne, 1:1 – 42, penalti Saka, 1:2 – 72 Grilish, 1:3 – 82 Xoland.

Arsenal – Remsdeyl, Tomiyasu (Uayt, 83), Gabriel, Saliba, Zinchenko, Djaka (Fabiu Vieyra, 83), Jorjino, Edegor, Saka, Nketia, Martinelli (Trossard, 76).

Manchester Siti – Ederson, Uoker, Ake, Ruben Diash, Gyundogan, de Bryuyne (Fillips, 87), Grilish (Foden, 77), Bernardu Silva, Rodri, Marez (Akandji, 61), Xoland.

Ogohlantirishlar: Uoker (34), Ederson (36), Bernardu Silva (45), Tomiyasu (48), Grilish (62), Nketia (64).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! "Manchester Siti" "Arsenal"ni peshqadamlikdan mahrum qildi hamda 1-o'ringa ko'tarilib oldi. Ammo "Arsenal"da bitta zaxira o'yini mavjud. Agar o'sha bahsda londonliklar durang o'ynagan taqdirda ham peshqadamlikni qaytarib oladi. 

90+3. Trossardning zarbasiga "Siti" darvozasi kaltalik qildi.

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

87. Raqibning kuchli zarbasini beli bilan qaytargan Diashning o'yindan so'ng massaj muolajasiga muhtoj bo'lish ehtimoli yuqori.

82. GOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLL!!! Xoland de Bryuynening uzatmasini uzun oyoqlari bilan darvozaning olis burchagiga joylab qo'ydi.


79. Trossard raqib jarima maydonida yiqildi, hakam esa bu vaziyatni parvoyiga ham keltirmadi.

77. Grilish engil jarohat oldi, uning o'rniga Fodin uchrashuvni yakunlab qo'yadi.

75. Martinelli o'rniga Trossard maydonga tushirildi.

72. GOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLL!!! Grilish chap qanotdan ochilib bordi va sherigining uzatmasini to'xtatmasdan raqib darvozasiga joylab qo'ydi! To'p yo'l-yo'lakay birinchi golga sababchi bo'lgan Tomiyasuga tegib, darvoza tomon yo'l oldi.


68. Jorjino oyoqlari bilan darvozabonlik vazifasini bajardi hamda "Siti" futbolchisining xavfli zarbasni qaytardi.

67. Tomiyasuning chiroyli uzatmasini yakunlab qo'yish uchun Nketiaga Ibragimovichning oyog'i etishmadi.

63. Hakam bugun o'ziga murojaat qilgan istalgan futbolchini ogohlantirib chiqmoqda. Bahs ohirigacha sariq kartochkalar kolleciyasiga guvoh bo'lamiz shekilli. Bu galgi siylov sohibi Grilish bo'ldi.

61. Akanji Mahrez o'rniga maydonga tushirildi.

57. Penalti! Gabriel o'zidan qochib ketayotgan Xolandni to'xtatib qoldi. Natijada hakam 11 metrli nuqtaga ishora qildi. Biroq norvegiyalik forvard ofsaydda bo'lib chiqdi.

56. Jorjinoning aqlli uzatmasiga Nketianing oyoqlaridan ilgariroq Edersonning qo'llari etib keldi.

51. Arteta va De Bryuyne to'p talashib qoldi. Belgiyalik futbolchi hali sen bilan gaplashamiz degan ishorani ko'rsatdi.

48. Tomiyasu bugun "Arsenal" zarariga ishlaydigan deyarli barcha fazilatlarga ega bo'lmoqda. Hozirgi vaziyatda ham yo'q joydan ogohlantirildi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+6. ZARBA! Jarima zarbasidan so'ng Tomiyasu qaytargan to'p Rodrigoga kelib tushdi, uning bosh bilan yo'llagan zarbasi esa darvoza to'siniga tegdi. Aytayapmanu, Tomiyasu yaxshiyam o'zbekistonlik emas.

45+2. Bugun Saka yiqilish uchun maydonga tushgan ko'rinadi. Bu gal Silva hakam tomonidan quyosh rangidagi "vizitka"ga ega bo'ldi.

45. Birinchi bo'limga oz emas, ko'p — 6 daqiqa qo'shib berildi.

45. "Arsenal" vakillaridan seyvlar! Xolandning zarbasini himoyachi, Gyundogannikini esa darvozabon qaytardi.

41. GOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLL!!! Saka ikkita 1 raqami ishtirok etadigan raqamdan iborat masofadan adashmadi. Ederson esa yo'nalishni topishda adashdi.


39. "Siti" darvozasiga penalti belgilandi. Nkitaga nisbatan Ederson qo'pollik ishlatgan deb topdi.

36. Ederson Uokerga taqdim etilgan "tuhfa"ni o'ziga so'rab oldi. Hakam esa to'pni o'yinga kiritish o'rniga xayol surib o'tirgan posbonni beiltifot qoldirmadi.

34. Tibbiy yordam ko'rsatilgan Uoker hakamdan beruxsat maydonga tushib ketgani uchun ogohlantirildi.

33. Gvardiola to'xtalishdan foydalanib, uch shogirdini yoniga chaqirdi hamda yarim daqiqa davomida tezaytish aytib berdi.

29. Saka qulay vaziyatda o'z vaqtida zarba bermagani uchun tanaffusda Artetadan so'roqsiz uyga kech qaytgan bolaning otasidan eshitadigan gaplarini eshitsa, ajabmas.

28. Tomiyasu yaqin masofadan aniq zarba yo'llay olmadi. Qitadoshimiz agarda vatandosh bo'lganida, kelgusi haftada chiqishi kutilayotgan qiziqchilarimizga yordam qilgan bo'lardi.

24. GOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLL!!! De Bryuyne Tomiyasuning "sovg'a"sini iltifot bilan qabul qildi hamda hatto Remsdeylning qo'li kaltalik qiladigan balandlikda to'pni yo'naltirib, hisobni ochdi.


22. Nkita besh metrcha masofadan besh bahoga loyiq zarba amalga oshira olmadi.

21. Akening zarba kuchini to'p bilan birga Sakaning lat egan oyog'ida teng taqsimladi.

17. Hozirgi lavhada Remsdeylning oq paypoqlarini tomosha qildik, yani ingliz posboni oyog'idan jarohat oldi.

13. Sal qolmasa, Nkita to'p o'rniga Akening boshini darvoza tomon yo'llardi.

12. Ruben Diash oyog'i bilan yaxshi zarba bera olmasa ham, yaxshi zarbaga oyog'ini yaxshi qalqon qila olishini ko'rsatib qo'ydi.

9. Silva Sakaga nisbatan tibbiyot xodimlarini yodga oladigan harakat amalga oshirdi.

5. "Siti" himoyachilari kallani ishlatish kerak degan naqlga amal qilishdi, Edegor tomonidan uzatilgan to'p bosh bilan qaytarildi.

4. Nkitaga nisbatan "Siti" himoyachisi tomonidan dzyudogina obro'liroq hisoblanadigan usul qo'llanildi.

Kayl Uokerdan bo'lajak futbolchilar uchun master-klass

2. "To'pchilar" ilk hujumida raqib darvozasini zambarakka olishga urinib ko'rdi, ammo Jakaning otgan o'qi Baron Myunxgauzen uchgan to'p singari ko'klarga parvoz qildi.

1. Uchrashuv boshlandi. 


Qizil-oq rangli "Arsegal" 4-3-3, moviy-oq rangli libosdagi "Siti" esa 3-2-4-1 sxemasida harakat qiladi.


Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Ular o'yinni boshlashga shay holatda, faqat sizning ekran qarshisiga o'rnashib olishingizni kutishmoqda. 


Assalomu alaykum, mana shu o'yin uchun CHempionlar ligasidagi bahsni ham qurbonlik qilayotgan shinavanda futbol ishqibozlari! Bugun dahshatli o'yin guvohiga aylanamiz. Ayni damda 22-turdan so'ng bir o'yin kam o'tkazgan "Arsenal" chempionatda etakchilik qilmoqda. Ulardan 3 ochko kam jamg'argan "Siti" garchand bir o'yin ko'p o'tkazgan bo'lsa-da, o'zaro ochkolarni tenglashtirib olishi mumkin. 

Uchrashuv 00:30 da boshlanadi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика